Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Konte: "Siti" o‘tgan yili ham boshida shunaqa o‘yin ko‘rsatgandi"

Konte: "Siti" o‘tgan yili ham boshida shunaqa o‘yin ko‘rsatgandi"

Baho:
+ | -

«Chelsi» bosh murabbiyi Antonio Konte Angliya premyer-ligasining 7-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti»ga (30 sentyabr) qarshi uchrashuv borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«So‘nggi 21 kun ichida yettita uchrashuvda maydonga tushdik. Yaxshi bilasiz, «Manchester Siti» juda yaxshi jamoa sanaladi. Ammo ular o‘tgan yili ham boshida shunaqa o‘yin ko‘rsatgandi. Bu mavsumda jamoa yaxshi futbolchilarni sotib oldi va yetaricha o‘sishga erishdi. Ular mavsumni juda yaxshi boshlashdi va o‘ziga ishongan holda kurashni davom ettirmoqda. Shubhasiz, biz ham juda diqqatli bo‘lishimiz kerak bo‘ladi.

Bizda tayyorgarlik ko‘rish uchun atigi bir kun vaqt bo‘lgandi va biz imkoni boricha tayyorgarlik ko‘rdik. Ertangi uchrashuvda tarkib tanlash unchalik oson bo‘lmaydi. «Atletiko»ga qarshi o‘yin ko‘z oldimdan ketmayapti, unda har bir futbolchi ajoyib o‘yin namoyish etdi. Men har bir futbolchining jismoniy holatini o‘rganib chiqishim kerak, shundan so‘ng bir qarorga kelaman. «Atletiko» ustidan qozonilgan g‘alaba, o‘z kuchimizga bo‘lgan ishonchni oshirdi. Bu esa bizni kuchli qiladi.

Aguero haqida:

"Birinchidan, bunday voqea yuz berganidan afsusdaman va u o‘zini yaxshi his qilyapti deb umid qilaman. Sen bilan baxtsiz voqea yuz berishi yomon, ammo u bilan hammasi joyida deb o‘ylayman. Futbolchilar - bolalar emas, ularda oila va farzandlar bor.

Ularga ma’suliyat yuklashga o‘rganib qoldim va ular klub, o‘zi va jamoani hisobga olib optimal qaror qabul qilishlari kerak bo‘ladi. To‘g‘risini aytsam, juda havotir olmayman, chunki futbolchilari optimal qaror qabul qilishlarini bilaman. O‘zim ham futbolchi bo‘lganman va dam olish kunida ma’suliyatni his qilish kerak" - deydi Konte.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 17:12, 30.09.2017.
O'qildi: 3599 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.