Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem
26/11 15:00 Ulsan Xyonde 1-3 Shangxay Port
26/11 15:00 Vissel Kobe 3-2 Sentrel Kost
26/11 17:00 Buriram Yunayted 0-3 Kavasaki Frontale
26/11 17:00 Shandong Taishan 1-0 Johor Dorul Ta'zim
26/11 19:00 Sharja 3-1 Istiqlol Dushanbe
26/11 21:00 As-Sadd 1-1 Al-Hilol
26/11 21:00 Ash-Shorta 1-3 Al-Vasl
26/11 21:00 Sepohon 1-1 Al-Vihdat
26/11 22:45 Slovan 2-3 Milan
26/11 22:45 Sparta 0-6 Atletiko
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-0 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal

Ilhom Mo‘minjonov: «Taktik sxemani o‘zgartirganimiz ish berdi»

Ilhom Mo‘minjonov: «Taktik sxemani o‘zgartirganimiz ish berdi»

Baho:
+1 | -

“Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi:

- Birinchi navbatda bugungi bayram bilan barcha yurtdoshlarimizni o‘zim va klubimiz nomidan tabriklayman.

Bevosita o‘yin borasida gapiradigan bo‘lsam, g‘alabamiz muxlislarimiz uchun bo‘ldi. Uchrashuvda jamoamizni qo‘llab-quvvatlagani o‘yingohga kelgan ishqibozlarimizga rahmat aytaman.

Birinchi davrada o‘z maydonimizda o‘tkazilgan uchrashuvlarda ko‘p o‘yinlarda durang qayd etganimiz va bizni natijalarimizga sabr qilib, murabbiylar shtabiga ishonch bildirishgani uchun minnatdorchilik bildirib o‘taman.

Keyingi o‘yinlarda ham “Navbahor”ni kuchlilar safiga qo‘shilishi uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solib, ularni yanada xursand qilishga harakat qilamiz.

- Oston O‘runov o‘yinga kirishib keta olmagandek taassurot qoldirdi. Oybek Qilichev esa futbolchilarni ko‘p aldamoqda. Bu borada Sizning fikringiz qanday?

- Oston O‘runov yosh futbolchilardan biri sanaladi. Sekin-asta uni tarbiyalab toblab bormoqda. Futbolchimiz yosh bo‘lishiga qaramay maydonda katta xajmdagi ishni amalga oshirdi. Uchrashuvni tahlil qilib chiqqanimizdan keyin ham  Ostonni munosib tarzda to‘p surgani aniqlanadi deb o‘ylayman.

Oybek Qilichevga borasidagi savolga kelsak, Oybek o‘yinni o‘z qo‘lida ushlab turdi. Aynan uning xatti-harakatlari samarasi o‘laroq muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik. To‘g‘ri qaydadir Qilichev to‘pni o‘zida ushlab qolgan bo‘lishi mumkin.

To‘pdan tezda qutulish bilan ham natija qayd etish qiyin. Shunday ekan, uning harakatlari jamoamiz foydasiga ishladi. Bugungi kunda ushbu futbolchimiz mamlakatimizdagi yetakchi yarim himoyachilardan biri sanaladi.

- Uchrashuvdan oldingi rejalarni barchasini maydonda amalga oshirishni imkoni bo‘ldimi?

- “Paxtakor” jamoasining so‘nggi o‘yinlarini jiddiy tarzda o‘rganib chiqqandik.  Birinchi bo‘limda ko‘proq raqibga o‘ynash imkoniyatini berdik. Tanaffusdan keyin esa boshqa uslubda to‘p surishni maqsad qilgandik.

Murabbiylarimiz bilan raqibni o‘rganish chog‘ida shunday to‘xtamga kelgandik. “Paxtakor” “Lokomotiv” bilan o‘tgan murosasiz o‘yinda g‘alaba qozongan bo‘lsada ikkinchi bo‘limning ikkinchi qismini bo‘shroq o‘tkazgandi.

Aynan shundan kelib chiqqan holda taktika tanlagandik. Yordamchim Vladimir Andreev bugun ertalab, “Paxtakor” o‘yinini o‘rganib chiqib boshqacha taktik uslubda to‘p surishimizni maslahat berdi. Agarda e’tibor bergan bo‘lsangizlar 23-turga qadar 4x2x3x1 taktik sxemasi asosida o‘ynab kelayotgandik.

Bugun esa 4x1x4x1 taktik sxemasini qo‘lladik. O‘yin uslubini o‘zgartirganimiz va futbolchilarimiz o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifani munosib tarzda bajarganliklari sababli g‘alabaga erishib, namanganlik muxlislar oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ldi.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 01:15, 02.10.2017.
O'qildi: 3725 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.