Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ravshan Ermatov: “SHu kunlarga yetishimga ustozlarim sababchi”

Ravshan Ermatov: “SHu kunlarga yetishimga ustozlarim sababchi”

Baho:
+ | -

FIFA xakami Ravshan Ermatov ustozlarini bayram bilan tabrikladi.

Ravshan Ermatov, FIFA hakami, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport murabbiyi, El-yurt xurmati ordeni sohibi:

– Har bir inson unga ilk bora qalam tutqazgan muallimini bir umr yodida saqlab qolsa kerak. Bolalik chog‘larimning eng gullagan davrlarida menga xayot maktabini o‘rgatgan,olamni anglashda ko‘maklashgan ustozimni chuqur ehtirom bilan xotirlayman. Toshkent shahrida joylashgan 115-maktabda bir necha yillar davomida o‘quvchilarga bor mahoratini ko‘rsatib, qalb qo‘rini, ko‘z nurini baxsh etib bilim berayotgan Flora Romazanova mening ilk o‘qituvchimdir. O‘g‘il bola bo‘lishimga qaramasdan a’lochi o‘quvchilar safida turishga intilardim. Boisi, biz odamlarni ilk xayot ostonasida turgan onlarimizda tashqi dunyo bilan tanishtiruvchi, o‘rtadagi ko‘prik bo‘luvchi shaxs ustozlarimizdir. Muallimlarimiz bizga imkon qadar bilim olgin deya undashadi vaholanki, “Ko‘p kitoblar o‘qish, insonni nafaqat ziyoli odam bo‘lib shakllanishida komillik sari yetaklaydi, hamda haqiqiy inson bo‘lib ulg‘ayishida katta ko‘prik vazifasini o‘taydi deb hisoblayman”. Men yoshligimdan sport turlaridan futbolga bo‘lgan ishtiyoqim kuchli bo‘lgani uchun yetti yoshimdan boshlab, ma’naviy jihatdan turli qiyinchiliklarga qaramasdan oddiy va sport maktabida o‘qishimga to‘g‘ri kelgan. Balki, men bolalik qilib sport maktabini tark etishim ham mumkin edi, ammo murabbiyim Temur Olimxo‘jayevning ko‘rsatgan mehrlari, o‘z farzandlaridek ko‘rib, bolalarcha qilgan mehnatlarimni ardoqlagani tufayli sport maktabiga qattiq bog‘lanib qoldim. Ayni vaqtda shunday natijalarga erishishimda ustozimning o‘rni beqiyosdir. Hayotda hamisha kimdandir yaxshi amallarni o‘rgansam, aynan o‘sha inson men uchun ustoz hisoblanadi.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:25, 02.10.2017.
O'qildi: 3992 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.