Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

«Tottenxem»ning tulkicha taktikasi

«Tottenxem»ning tulkicha taktikasi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» - yangi mavsumni eski tarkib bilan qarshi olgan APL yetakchilari orasidagi yagona jamoa.

Oxirgi ikki yil ichida «taqachilar» bir xil tarkib bilan chempionlar – «Lester» va «Chelsi»ga munosib qarshilik ko‘rsatishdi.

Bu yil ham Maurisio Pochettino jamoasi bir qator o‘yinchilarini sotib yubordi. Jumladan, Kayl Uoker 50 mln. funt evaziga asosiy raqobatchi – «Man Siti»ga yo‘l oldi.

Ta’kidlash joizki, hozirda «Tottenxem» APLning eng yosh jamoalaridan biri bo‘lib turibdi. Maurisio Pochettino jangovar jamoaning ijodkori va ilhomchisi. Aynan shunday ahil jamoani shakllantirdi va unga zafar ishtiyoqini singdirdi. U o‘zi ishlagan barcha jamoalarda avvalo yoshlarga alohida e’tibor berib kelgan. Uning talabiga binoan o‘rinbosarlar jamoasi faqat asosiy tarkib usulida to‘p suradi. Oqibatda yosh futbolchilarning bosh jamoaga moslashuvi og‘riqsiz kechadi. Klub mutasaddilari ham mahalliy tarbiyalanuvchilarga katta ishonch bildirishmoqda.

«Taqachilar»ning xarid borasidagi sustkashliklarini bosh murabbiy quyidagicha izohlaydi: «Nomdor jamoalar tarkibni kuchaytirish maqsadida  yirik xarajatlarni amalga oshirishadi. Biz esa bu masalada xotirjammiz. Chunki o‘z akademiyamizga ishonamiz. Menimcha, futbolda mablag‘ kuchli tarkibni shakllantirish yoki noyob iqtidor sohibini xarid qilish imkonini beradi. Muvaffaqiyat faqat shungagina bog‘liq emas. Bu soha doimiy hushyorlikni, chanqoqlikni, aql bilan ish tutishni talab etadi. Albatta, yangi mavsum bizuchun oson kechmasligi aniq. Ammo biz o‘z salohiyatimizga shubha qilmaymiz». Yoshlar bilan ijodiy izlanishni xush ko‘radigan mutaxassis bir paytlari «Spartak» nishonida turgandi. Leonid Fedunga bu nomzodni Mourinyo tavsiya etgandi. Klub prezidenti shuningdek, Murot Yaqin va Roberto Martinesni ham mo‘ljallagan, Antonio Konte bilan ham muzokara o‘tkazishga ulgurgandi. Biroq 6 mln.li maosh va transferlar uchun yirik mablag‘ talab qilgan italiyalik mutaxassis nomzodlar ro‘yxatidan tushib qolgandi. Xalq jamoasini boshqarish Pochettinoga ham nasib etmadi. U Londonda ajoyib prezident - Daniel Leviga duch keldi. «Taqachilar» sohibi xususida Aleks Fergyuson quyidagicha fikr bildirgan: «Levi bilan kelishuvga erishish tos suyagini protez bilan almashtirishdan ham mushkulroq!». Ana shu e’tirof negizida paydo bo‘lgan Leuy Tite iborasidan Angliyada tez-tez foydalaniladi. Chunki Levi aynan transfer mavsumining so‘nggi pallalarida o‘ta manfaatli kelishuvlarni amalga oshiradi. Nafaqat xarid, balki sotish borasida ham. Misol tariqasida Karrik va Berbatovning «MYU»ga yo‘l olishganini ko‘rsatish mumkin. Shu kabi manfaatli shartnomalar Levini transfer bozorining afsonasiga aylantirdi. Aynan shu prezident rahnamoligi ostida «Tottenxem» dunyoning eng qimmat jamoalari 20taligidan joy oldi.

Shu paytgacha saxovatpeshaligi bilan maqtanolmay kelgan sohib hozirda yangi stadionni bunyod etish bilan band. Murabbiylarning tarkibni kuchaytirish borasidagi takliflariga u asosiy raqobatchilarning amalga oshirayotgan ishlarini hushyorlik bilan tahlil qilishni maslahat beradi: «Transfer bozorida ro‘y berayotgan voqealar oxir-oqibat jamoalarni kafangado qiladi. Daromadi kamtarin jamoaning 200 mln.lab sarflashi yaqin kelajakda inqirozga olib kelishi aniq. Transfer siyosatimizning asosiy xususiyati shuki, biz akademiyamiz salohiyatiga tuliq ishonadigan murabbiyga egamiz.

Agarda, DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:04, 04.10.2017.
O'qildi: 4658 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.