Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Nikola Valentich: «Qo‘qonlik futbol muxlislaridek fidoiy ishqibozlar juda kam»

Nikola Valentich: «Qo‘qonlik futbol muxlislaridek fidoiy ishqibozlar juda kam»

Baho:
+ | -

O‘tgan mavsumda “Qo‘qon-1912” jamoasidagi o‘yinlari orqali muxlislar mehrini qozongan serbiyalik himoyachi Nikola Valentich bu yilgi mavsum arafasida tibbiy-ko‘rikdan o‘ta olmagach, ortga qaytib ketganidan xabaringiz bor. Yaqinda Nikola bilan ijtimoiy tarmoq orqali qisqacha suhbatda bo‘ldik.

– Salom, Nikola ayni damda nimalar bilan bandsiz?

– Salom, ayni damda hech qaysi jamoada o‘ynamayapman. Hozir oilam davrasidaman.

– O‘tgan mavsumda “Qo‘qon-1912” jamoasi to‘p surgandingiz. Aytish joizki, qisqa fursat ichida qo‘qonlik muxlislarning mehrini qozondingiz. Sobiq jamoangiz o‘yinlarni kuzatib boryapsizmi?

– Albatta. “Qo‘qon-1912”ning o‘yini kuzatib borishga harakat qilaman. Aytishim joizki, “Qo‘qon-1912” klubining ishqiboziga aylandim. Qo‘qonliklar mavsumni yuqori darajada boshlashgandi. Bundan juda xursand bo‘ldim. Lekin ikkinchi davrada nimagadir natijalar pasaydi. O‘ylaymanki, mavsumning qolgan o‘yinlarida qo‘qonliklar muvaffaqiyatli ishtirok etishadi.

– Ayni damda Qo‘qonda ikki nafar hamyurtingiz – Darko Gojkovich va Filip Rayevaslar to‘p surishmoqda. Ular bilan gaplashib turasizmi?

– Darko bilan ham, Filip bilan ham tez-tez qo‘ng‘iroqlashib turamiz. Darko jamoa bu yil ancha kuchayganini to‘lqinlanib gapiradi. Filip ham “Qo‘qon-1912” klubi ancha shakllanib qolganini ta’kidlaydi. Har ikki yurtdoshim ham Qo‘qonda baxtli ekanligi ko‘rinib turibdi.

– O‘tgan mavsumda “Qo‘qon-1912”dagi o‘yinlaringiz orqali o‘zbekistonlik muxlis va mutaxassislarda yaxshi taassurot qoldirgan edingiz. Sizga O‘zbekiston klubilaridan yana taklif bo‘lsa, bunga qanday javob bergan bo‘lardingiz?

– Ochig‘ini aytish kerak, yurtingiz menga juda yoqdi. Shu bois taklif bo‘lsa uni rad eta olmasam kerak. Bundan tashqari, mamlakatingizda ko‘plab vatandoshlarim to‘p surishadi.

– Qo‘qonlik futbol muxlislarini sog‘inib qolgan bo‘lsangiz kerak.

–  Bo‘lmasam-chi, Qo‘qonda futbolni juda yaxshi ko‘rishadi. Hatto mashg‘ulotlar jarayonini tomosha qilgani stadionga ko‘plab muxlislarning kelishadi. Bunday holat hamma joyda ham kuzatilavermaydi. Qo‘qonlik futbol muxlislaridek fidoiy ishqibozlar har doim ham topilavermaydi.  Ular bilan faqat faxrlanish mumkin.

Abror Dehqonov suhbatlashdi

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 10:07, 07.10.2017.
O'qildi: 2723 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.