Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ante Chachich iste’foga chiqarildi.
Mamlakat futbol federasiyasi JCH-2018 saralashidan o‘rin olgan Finlyandiyaga (1:1) qarshi o‘yindagi durang natijadan so‘ng, mutaxassis bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi.
Endi xorvatiyaliklarni Ukrainaga qarshi so‘nggi tur o‘yinida boshqa murabbiy maydonga olib tushadi.