Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda O‘FF bolalar futboli bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qildi

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda O‘FF bolalar futboli bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Futbol Federasiyasining “Bolalar va o‘smirlar futbolini rivojlantirish to‘g‘risida” qo‘shma qarori qabul qilindi. Mazkur qaror matni quyida keltirilgan.

Respublikamizda bolalar va o‘smirlar futbolini yanada rivojlantirish, futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, akademiyalari va Olimpiya zaxiralari kollejlarining futbol bo‘limlarida (keyingi o‘rinlarda futbolga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalar) tarbiyaviy va o‘quv mashg‘ulotlarining sifatini yaxshilash, yosh futbolchilarning mahoratini yanada oshirish, professional hamda terma jamoalarga zaxira va iqtidorli futbolchilarni tayyorlash va ular orasida saralashda xolislik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Futbol Federasiyasi qaror qiladi:

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tasarrufiyligidan qat’iy nazar barcha futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, Futbol klublari qoshidagi akademiyalar va Olimpiya zaxiralari kollejlari hamda barcha sport maktablari faoliyatini o‘rganish bo‘yicha Ishchi guruh tasdiqlansin.

2. Ishchi guruhga: Bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi futbol maktablari faoliyatini o‘rganish natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Futbol Federasiyasi bilan birgalikda bolalar va o‘smirlar futbolini rivojlantirish bo‘yicha 2018–2023 yillarga mo‘ljallangan Dastur ishlab chiqsin va tasdiqlashga o‘rnatilgan tartibda kiritish vasifasi yuklatilsin.

3. Dasturni bajarilish holatini har chorak yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Futbol Federasiyasining qo‘shma yig‘ilishlarida dastur bo‘limlariga mas’ul rahbarlarning hisobotlari muhokama qilib borilsin va tegishli choralar ko‘rilsin.

4. Futbolga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga iqtidorli yosh futbolchilarni tanlab olish sifatini, xolisligini hamda shaffofligini ta’minlash maqsadida qabul jarayonida o‘tkaziladigan imtihon, sinov komissiyasi tarkibiga O‘zbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan tavsiya etilgan mutaxassislarning kiritilishi ta’minlansin.

5. Futbolga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga rahbar-kadrlar va murabbiylarni tayinlash hamda vazifasidan ozod etish komissiyasi tarkibiga O‘zbekiston Futbol Federasiyasi mas’ul xodimi kiritilishi belgilab qo‘yilsin.

6. Respublikada quriladigan futbol sport inshootlarini loyihalashtirish, qurilish ob’ektlarini topshirish jarayonlarida O‘zbekiston Futbol Federasiyasi mutaxassislarining ishtiroki ta’minlansin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining Fan, sportni metodik ta’minlash va ta’lim muassasalari boshqarmasi hamda O‘zbekiston Futbol Federasiyasining Bolalar, o‘smirlar va ommaviy futbol boshqarmasi birgalikda futbolga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida shug‘ullanuvchilarga tegishli bo‘lgan ma’lumot va ko‘rsatkichlari to‘plangan yagona elektron bazasini yaratsinlar.

8. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining Sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalarini shakllantirish va tayyorlash boshqarmasi o‘smir va yosh futbolchilar o‘rtasida Respublika birinchiligi musobaqalarini yillik taqvim rejasiga kiritilishini ta’minlasin.

9. O‘zbekiston davlat Jismoniy tarbiya instituti futbolga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga zarur bo‘lgan o‘quv-metodik ko‘llanmalar va tavsiyalarni ishlab chiqsin.

10.Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda hududiy futbol federasiyalari Ishchi guruhning o‘rganish bilan bog‘liq jarayonida barcha shart-sharoitlarni yaratsin.

12. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Turdiyev va O‘zbekiston Futbol Federasiyasi vise-prezidenti SH.Isroilov zimmasiga yuklatilsin. 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 20:57, 07.10.2017.
O'qildi: 5566 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.