Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Halep Ruminiya tennisi tarixiga o‘z nomini kiritdi

Halep Ruminiya tennisi tarixiga o‘z nomini kiritdi

Baho:
+ | -

Ruminiyalik Simona Halep Ayollar tennis uyushmasi (WTA) reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi, ro‘yxatning yangilangan versiyasi tashkilot rasmiy saytida e’lon qilindi.

Halep WTA reytingida yetakchilikni qo‘lga kiritgan tarixdagi birinchi ruminiyalik tennischi ayolga aylandi. U birinchi o‘rinni ispaniyalik Garbinya Mugurusadan olib qo‘ydi. Ruminiyalik sportchi bu yil reytingda yetakchiga aylangan beshinchi tennischiga aylandi. Bundan oldin, Mugurusadan tashqari, amerikalik Serena Uilyams, germaniyalik Angelik Kerber va chexiyalik Karolina Plishkova ham birinchi o‘rinni egallagan.

9 oktyabrdagi WTA reytingi:

1 (2). Simona Halep (Ruminiya) - 6175 ochko,
2 (1). Garbinya Mugurusa (Ispaniya) - 6135,
3 (4). Karolina Plishkova (CHexiya) - 5605,
4 (3). Elina Svitolina (Ukraina) - 5465,
5 (5). Vinus Uilyams (AQSH) - 4642,
6 (6). Karolin Voznyaski (Daniya) - 4640,
7 (8). Yelena Ostapenko (Latviya) - 4510,
8 (9). Svetlana Kuznesova (Rossiya) - 4005,
9 (15). Karolin Garsiya (Fransiya) - 3860,
10 (7). Yoxanna Konta (Buyuk Britaniya) - 3795.

Manba: kun.uz
Kiritildi: 12:15, 09.10.2017.
O'qildi: 3985 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.