Andijon shahrida 2005-2006 yillarda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida “Kelajak ligasi” turniri start oldi.
Viloyat futbol federasiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqa haftaning har yakshanba kuni o‘tkaziladi. Unda jami 8ta jamoa ishtirok etadi. Uchrashuvlar sun’iy maydonda o‘tkaziladi (XBK arena).
Mazkur musobaqani tashkil etishdan maqsad, futbol maktablarida tahsil olib kelayotgan yoshlarning o‘yin amaliyotini yanada oshirish, yoshlarning dam olish kunlarini sevimli mashg‘uloti bilan o‘tkazish, shuningdek viloyat terma jamoasiga munosib nomzodlarni saralab olishdir.
8 oktyabr yakshanba kuni, “Kelajak ligasi”ning birinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlar ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi va qatnashchilar o‘z uylariga xursand xolda qaytib ketdi.
Musobaqa reglamenti ko‘ra, har bir uchrashuvdan so‘ng ikkala jamoadan ham “Eng yaxshi o‘yinchilar” aniqlanib, e’lon qilib boriladi.
Ushbu musobaqani tashkil etaish g‘oyasi bilan chiqqan yoshlar murabbiyi Timur Bozorovning tashkiliy masalalarni hal etishda amaliy yordami katta bo‘layotgani alohida e’tirof etish lozim.
Darvoqe, kecha “Istiqlol” jamoasining iqtidorli futbolchisi Muhammadjon Odilovning tug‘ilgan kuni edi. Uni Andijon viloyat futbol federasiyasi vise-prezidenti Bekzod Karimov estalik sovg‘asi bilan samimiy qutladi.
1-tur
“Poytug‘” - “Azia-2” 2:4
Eng yaxshi futbolchilar: To‘ychibek To‘lanov – Mirzohid Hakimov.
“BO‘FM” – “Izboskan” 5:2
Eng yaxshi futbolchilar: Abdulxay Abdulhamidov – Sardor Muhammadov.
“IFMI-1” – “Istiqlol”
“IFMI-2” – “Azia-1”
Mazkur uchrashuv ma’lum sabablarga ko‘ra boshqa kunga qoldirildi.
2-tur
“BO‘FM” – “Azia-2” 6:4
Eng yaxshi futbolchilar: Abduqodir Ikromov – Muhammaddiyor Baxtiyorjonov.
“Poytug‘” – “Izboskan” 2:6
“IFMI-1” – “Azia-1”
“IFMI-2” – “Istiqlol”
Mazkur uchrashuv ma’lum sabablarga ko‘ra boshqa kunga qoldirildi.
Islombek Rustambekov