Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

«Barselona» tarixida ilk marta kuzatilgan voqea

«Barselona» tarixida ilk marta kuzatilgan voqea

Baho:
+ | -

«Barselona» prezidenti Xosep Bartomeu jamoa yarim himoyachisi Andres Inyestaga bir umrlik (!) shartnoma taklif etdi.

Tabiatan bosiq va kamtarin futbolchining jamoaga nisbatan cheksiz sadoqati, sabru-qanoati shu tariqa taqdirlandi.

Inyesta - daholar soyasidagi daho

Buyuk futbolchilarni shartli ravishda ikki toifaga ajratish mumkin: tug‘ma iqtidor sohiblari va mashaqqatli mehnat evaziga afsonaga aylanganlar. Andres Inyesta ikkinchi guruhga mansub.

U juda mehnatsevar va o‘ta sabr-qanoatli. Bu xislatlarga ega professional har qanday to‘siqni oshib o‘tishga qodir. Andres uzoq yillar davomida o‘zi uchun oddiy mavsumlarni o‘tkazdi, qanchadan-qancha buyuklar bilan yonma-yon to‘p surdi - Rivaldo, Ronaldinyo, Xavi, Messi...

Biroq xizmatlariga yarasha qadrlanmadi. Chunonchi, klubda buyuklar ko‘p edi. Ammo 2010 yili «Oltin to‘p» YECHL va Gollandiya terma jamoasining JAR mundialidagi ishtirokida ko‘rsatgan xizmatlari uchun Uesli Sneyder yoki JCH finalida hal qiluvchi golni urgan Andres Inyestaga berilganida, bunga hech kim ortiqcha e’tiroz bildirmasdi, aksincha, bu adolatliroq yechim sanalardi. Nima bo‘lganda ham, kataloniyalik iqtidor sohibi Lionel Messi soyasida yurishga mahkumligi va undan chiqolmasligiga qaramay, millat qahramoniga aylandiki, bu juda katta ish.

Andres - kamtar va kamsuqum

Inyestani buyuk sabr-toqat sohibi sifatida maqtashadi. Chunki u «Barsa»ning 5ta yulduzli tarkibini ko‘rdi, doimo barqaror va bir maromda o‘ynadi. Andres shuningdek, ko‘plab yulduzlardan farqli o‘laroq, havas qilgudek oilaga ham ega. Yaqinda 10 yillik yubileyini nishonlagan Anna Ortis - Inyesta oilasida ikki nafar (qiz va o‘g‘il) farzand tarbiyalanmoqda.

Hattoki, Ispaniya terma jamoasi omadsizligi ham futbolchi irodasini bukolmadi. Chunki u oddiy yigit. Umr yo‘ldoshi esa qimmatbaho avtomashinalar yonida suratga tushadigan, turli-tuman matohlarni reklama qiladigan model emas, go‘zallik salonining oddiy ishchisi. Qizig‘i, o‘tgan yili Enso Peres bilan to‘qnashuvda jarohatlangan Andres keyinroq argentinalik raqibiga qo‘ng‘iroq qilib, bunda uning aybi yo‘qligini aytgandi.

Kataloniya referendum masalasida qizg‘in bahslarga g‘arq bo‘lgan kunlar esa Andres o‘ta bosiqlik bilan yagona tilagi tinchlik va xotirjamlikda yashashligini bildirdi. Ya’ni o‘zini siyosat bilimdonidek ko‘rsatishga urinmadi. Lekin futbol maydonida nechog‘li mohir va uddaburon ekanini to‘la namoyish etdi. Shunday ajoyib insonning vatandoshi Xuan Mata tashabbusiga qo‘shilgan holda, ish haqining 1 foizini xayriya jamg‘armasiga ajratishga qaror qilgani kimni ham ajablantirardi?

Inyesta - «Barsa»ning sodiq o‘g‘loni

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:13, 13.10.2017.
O'qildi: 11408 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик