Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Eronga yetib keldi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Eronga yetib keldi

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 2018 yilgi Osiyo chempionatiga saralash bosqichida ishtirok etish uchun bugun, 14 oktyabr kuni tungi soat 02:00 da Eronning Tabriz shahriga yetib keldi.

Bugun mahalliy vaqt bilan ertalabki 09:15 da jamoa a’zolari rasmiy mashg‘ulot o‘tkazadi. Shundan keyin musobaqa oldidan o‘tkaziladigan rasmiy tadbirlar, shu jumladan, matbuot anjumani ham bo‘lib o‘tadi.

Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasining futzal bo‘yicha Osiyo chempionatiga saralash bosqichi bellashuvlari 15–17 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi terma jamoa “A” guruhidan joy olgan bo‘lib, OCH yo‘llanmasi uchun Qirg‘iziston, Turkmaniston va Nepalga qarshi bahs yuritadi. “B” guruhida mezbon Eron termasi Afg‘oniston va Tojikiston bilan kuch sinashadi.

Futzal bo‘yicha OCH saralashi
“A” guruhi. 15–17 oktyabr
Tabriz shahri, Eron

15 oktyabr, yakshanba

15:30  O‘ZBEKISTON – Nepal
18:00  Qirg‘iziston – Turkmaniston

16 oktyabr, dushanba

15:30  Nepal – Qirg‘iziston
18:00  Turkmaniston – O‘ZBEKISTON

17 oktyabr, seshanba

15:30  O‘ZBEKISTON – Qirg‘iziston
18:00  Turkmaniston – Nepal

Izoh: Uchrashuvlar soati Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan

Musobaqa taqvimi va natijalari bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin bo‘ladi. 

O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi saralash bosqichi uchrashuvlariga jami 14 o‘yinchini taklif qildi. Quyida ular bilan tanishing:

Darvozabonlar

Rustam Umarov (“Ardus”)

Akmal Xazratqulov (“Do‘stlik-AIN”)

O‘yinchilar

Artur Yunusov (“Ardus”)

Konstantin Sviridov (“Olmaliq”)

Farhod Abdumavlonov (“Ardus”)

Ilhom Hamroyev (“Ardus”)

Davron Choriyev (“Ardus”)

Davron Abdurahmonov (“Ardus”)

Ixtiyor Ropiyev (“Maksam-CHirchiq”)

Husniddin Nishonov (“Nafis”)

Dilmurod Shavkatov (“Ardus”)

Mashrab Odilov, (“Ardus”)

Anasxon Rahmatov (“Ardus”)

Dilshod Rahmatov (“Dalyan Puvan Anbo”)

Ma’lumot uchun, guruhlarda 1–2 o‘rinlarni egallagan jamoalar Osiyo chempionati yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati 2018 yilning 6–18 fevral kunlari Xitoy Taypeyi mamlakatida bo‘lib o‘tadi. Qit’a birinchiligida jami 16 jamoa chempionlik uchun kurash olib boradi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 06:36, 14.10.2017.
O'qildi: 4404 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.