Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

No‘’mon Hasanov: «O‘yin boshida vaziyatlarni golga aylantira olmadik»

No‘’mon Hasanov: «O‘yin boshida vaziyatlarni golga aylantira olmadik»

Baho:
+ | -
“Paxtakor” – “Qo‘qon-1912” (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida  jamoamiz ustozi No‘’mon Hasanov o‘z fikrlarini bildirdi.   – Uchrashuv avvalida futbolchilardan hujumkor o‘yinni talab qilgandim. Shogirdlarim o‘yin boshida hujumkor o‘ynashdi va imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Ammo vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Ikkinchi bo‘limda esa “Paxtakor” kuchli o‘ynadi va haqli g‘alabaga erishdi. Bu g‘alaba bilan ularni tabriklayman.   Futbolchilarimizda biroz hayajon ham bor edi. Javohir Sidiqov bugun jarohatidan keyin o‘ynadi, bu ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Akmal Xolmurodovni yo‘qligi ham sezildi. Dastalbki 30 daqiqada jamoamiz yaxshi o‘ynadi. Ammo keyinchalik mezbonlar tashabbusni o‘z qo‘llariga olishdi. Bunda jamoadagi mahoratli futbolchilarni xizmati katta bo‘ldi.   Jamoamiz birinchi davrani yaxshi o‘tkazgandi. Ammo tanaffusdan keyin jamoamiz charchab qoldi. Bitta tarkibni butun mavsumda o‘ynatish juda qiyin. “Qo‘qon-1912″da zaxira tor, bu esa o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.   Jamoaga kelganimdan keyin ko‘p narsani o‘zgartirdim. Kelajakda qo‘qonlik muxlislarni ham bir xil rangli liboslarda o‘tirishlarini istayman va buni amalga oshirmoqchiman. Chunki Koreyaga borganimda u yerdagi muhit va ularni bir xil bo‘lib o‘tirishlarini ko‘rib buni dilimga tugib qo‘ygandim. Kelajakda jamoani yanada yaxshi taraflama o‘zgartirmoqchiman.   Pul bor, ammo hozir mavsum oxiriga qadar yetadigan mablag‘ mavjud. Keyingi mavsumda ham homiylar qo‘llab-quvvatlashsa yanada kuchayib, yaxshi natijalarga erishamiz.   Davralar oralig‘ida tarkibni keskin kuchaytirish imkoni bo‘lmadi. Faqatgina ikki futbolchini o‘z safimizga qo‘shib oldik. Kelasi mavsumda jamoani zaxira o‘rindig‘ini ham yanada kengaytirib, tarkibni kuchaytirmoqchiman. Jamoani qiyin ahvolda qabul qilib olgandim.   Shartnomam yil yakuniga qadar mo‘ljallangan. Shartnomam ko‘p yillik bo‘lganda ham murabbiy yaxshi natija qayd etmasa, unga chiqish eshiklarini ko‘rsatishadi. Niyatim va maqsadim Qo‘qonni futbolini ko‘tarish. Chunki o‘zim shu shahar farzandiman.
Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 09:53, 15.10.2017.
O'qildi: 2343 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.