Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Iskandar Xolmirzayev: «Gol urganim emas, «Dinamo»ning g‘alabasi muhim»

Iskandar Xolmirzayev: «Gol urganim emas, «Dinamo»ning g‘alabasi muhim»

Baho:
+ | -

«Dinamo» - «Olmaliq» (1:0) uchrashuvida jarima zarbasidan muhim golni urib o‘yin qahramoniga aylangan Iskandar Xolmirzayevdan bahs borasidagi fikrlarini so‘radik.

«Anchadan buyon g‘alaba qozona olmayotganimiz sababli «Olmaliq» bilan bahsda faqat va faqat g‘alabani ko‘zlagan edik. Raqib jamoa tarkibi bo‘ydor futbolchilardan tashkil topganligi bois, murabbiylarimiz paslar orqali hujumkor to‘p surishimizga ko‘rsatma berishgandi. Xudoga shukurki, bu safar omadimiz kelib, yakunda nihoyat g‘alaba qozondik.

Kiritgan golim haqida gapiradigan bo‘lsam, murabbiylar o‘yindan oldin jarima zarbalarini men tepishimni aytishgandi. Zarba berishdan oldin raqib darvozabonining uzoq burchagi ochiqligini payqab, to‘pni o‘sha tomon yo‘naltirdim va gol urdim.

Kubok doirasida nimchorak finalda ham aynan mana shunday golni safarda «Olmaliq» darvozasiga kiritgandim. Qaysi biri chiroyli? Buni muxlislar aytgani ma’qul. Men uchun gol urganim emas, eng asosiysi «Dinamo» g‘alaba qozonganidir.

Muxlislarimizdan minnatdormiz. Nasib qilsa, keyingi o‘yinlarda ham ularni xursand qilish uchun intilamiz» - deydi «Dinamo» jamoasining 26 yoshli yarimhimoyachisi Iskandar Xolmirzayev klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 16:01, 15.10.2017.
O'qildi: 2618 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.