Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi 2-tur o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rdi

O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi 2-tur o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rdi

Baho:
+ | -

Xitoyning Nankin shahrida 19 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasida futbol bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Ushbu musobaqada ishtirokini davom ettirayotgan O‘zbekiston terma jamoasi guruhdagi ikkinchi o‘yinga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Bugun kunning birinchi yarmida  terma jamoa bosh murabbiyi Bahrom Norsafarov futbolchi qizlar bilan nazariy mashg‘ulot o‘tkazdi. Unda ertangi raqib – Shimoliy Koreya terma jamoasining Tailandga qarshi kechgan o‘yini tahlil qilindi. Raqibning kuchli va kuchsiz tomonlari terma jamoa a’zolariga tushuntirildi.

Kunning ikkinchi yarmida futbolchilar amaliy mashg‘ulot o‘tkazishdi. Mashg‘ulot davomida asosiy e’tibor tezkor ravishda himoyadan hujumga o‘tishga qaratildi. Shuningdek, jarima maydonchasi tashqarisidan darvozaga aniq zarbalar yo‘llash va standart vaziyatlardan unumli foydalanish borasida ham murabbiylar belgilab bergan mashqlar bajarildi.

Ertangi o‘yinda O‘zbekiston U-19 terma jamoasi asosiy tarkibida bir qator o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Murabbiylar shtabi raqibga qarshi yashirin qurollardan foydalanishga va shu yo‘l orqali ijobiy natija qayd etishga qaror qilishgan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 23:33, 17.10.2017.
O'qildi: 2084 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.