Dortmundning “Borussiya” klubi himoyachisi Sokratis Papastopulos YECHLning 3-turi doirasida APOELga qarshi uchrashuv (1:1) da hisobni tenglashtirdi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Gap shundaki, 29 yoshli gresiyalik futbolchining kiritgan to‘pi “Borussiya” uchun Yevrokuboklarda urilgan 400-goli sifatida qayd etildi.
Ma’lumot uchun, afsonaviy futbolchi Xelmut Braxt 1956 yil “Borussiya”ning Yevrokuboklardagi ilk golini urgandi.