Angliyaning "Chelsi" jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte Italiya terma jamoasining Shvesiyaga qarshi o‘tadigan JCH-2018 uchun o‘tish o‘yinlari haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Yaxshi qur’a bo‘ldi deb o‘ylayman. Italiya termasi JCHga chiqishi kerak va buni uddalaydi.
Ayni damda "Chelsi"ning kelajagi haqida o‘ylashim kerak. Jamoa bilan 2 yillik shartnomam bor va yangicha tajribadan zavq olyapman. Bu yerda boshqacha madaniyat, til va futbol uslubini o‘rganmoqdaman", - deydi Konte.