Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Hayratga boy «Uik-end» yoki yana kuchli beshlik haqida

Hayratga boy «Uik-end» yoki yana kuchli beshlik haqida

Baho:
+ | -

Mauro Ikardi so‘nggi besh yil ichida Milan derbisida «xet-trik»ka erishgan birinchi futbolchiga aylandi.

Krishtianu Ronaldu joriy mavsum primeradagi ilk golini urdi. Yupp Xaynkes esa 72 yoshida «Bavariya»ga qaytishini ajoyib g‘alaba bilan nishonladi.

O‘tgan hafta Yevropa futbolida ro‘y bergan shu va boshqa voqealar bilan tanishamiz.

Angliya. Shov-shuvli mag‘lubiyat

«Liverpul» va «MYU» o‘rtasidagi turning markaziy uchrashuvi ishqibozlar kutgandek kechmadi. Mehmonlar birinchi bo‘limda raqib darvozasi oldida faollik ko‘rsatishganiga qaramay, tanaffusdan so‘ng to‘liq himoya­lanishdi. Mourinyo mazkur holatni Nemanya Matichning charchab qolgani bilan izohladi. Xullas, jamoalar bir-ikkita zarba yo‘llab, nursiz durang qayd etishdi.

«Qizil iblislar»ning qoqilishidan «Manchester Siti» unumli foydalanib, «Stok Siti»ni 7:2 hisobida yengdi. G‘alabadan ruhlangan Xosep Gvardiola uchrashuvdan so‘ng bu «shaharliklar»ning eng yaxshi o‘yini ekanligini ta’kidladi. Shu tariqa, «Siti» yakka peshqadamga aylanib oldi.

Asosiy o‘yinchilaridan ayrilgan amaldagi chempion esa navbatdagi turda qatorasiga ikkinchi marta mag‘lubiyatga uchradi. Antonio Konte shogirdlari safarda «Kris­tal Pelas»ga yutqazishdi. E’tiborlisi, «burgutlar» so‘nggi yetti o‘yinda nafaqat ochko to‘plashmagan, balki birorta gol ham urishmagandi. Sesar Aspilikuetaning avtogolidan so‘ng Tyemue Bakayoko muvozanatni tiklagandi. Biroq shu kuni maydon egalari safida eng faol futbolchiga aylangan Uilfrid Zaxa birinchi bo‘lim oxirida jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. Qizig‘i, «Chelsi» mag‘lubiyatdan qutulib qolish uchun unchalik oshiqmadi va bahs Roy Xojson shogirdlarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan xotima topdi.

«Arsenal» ham xuddi shunday hisobda «Uotford»ga yutqazdi. G‘alaba goli 92-daqiqada urildi. O‘yindan so‘ng Arsen Venger «kanonirlar» darvozasi tomon belgilangan penaltining nohaqligini ta’kidladi.

Ispaniya. 6 daqiqada 3ta gol

«Barselona» primeraning 8-turida mag‘lubiyatga juda yaqin keldi. «Atletiko» maydoniga uyushtiriladigan safar hech bir jamoaga oson kechmasligi aniq, shu qatorda kataloniyaliklar uchun ham. Diyego Simeone shogirdlari birinchi bo‘limda yaxshi himoyalanib, hisobni ochishga erishishdi. Gol muallifi - Saul. Ammo so‘nggi 30 daqiqalikda «Barsa» tashabbusga erishib, yakunda muvozanatni tikladi. Final hushtagi chalinishiga 10 daqiqa qolganda Luis Suares boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi. Lionel Messiga esa bu safar to‘p kiritish nasib etmadi.

Shuningdek, Krishtianu Ronaldu joriy mavsum primeradagi debyut golini urdi. «Xetafe»ga qarshi kechgan bahsda u kiritgan to‘p «Real»ga g‘alaba keltirdi. Ushbu muvaffaqiyat orqali «Qirollik klubi» mahalliy chempionatning yana bir rekordini qayd etib, qatorasiga 13ta safar o‘yinida zafar quchgan Ispaniyaning birinchi jamoasiga aylandi.

Navbatdagi turda «Betis» ustidan 6:3 hisobida g‘alabaga erishgan «Valensiya» ikkinchi o‘ringa joylashdi. Hozircha bu mavsumning eng sermahsul o‘yini bo‘lib turibdi. E’tiborlisi, «ko‘rshapalaklar» 4:0 ko‘rinishida oldinda borishayotgandi, ammo raqib olti daqiqa ichida uchta to‘p kiritdi. Mag‘lubiyatdan qutulib qolish ilinjida oldinga tashlangan «Betis» yana ikkita qarshi hujumni o‘tkazib yubordi.

«Sevilya» esa «Atletik»ka yutqazdi. Bu ham yetmagandek, andalusiyaliklar safidagi yetakchilar - Stiven N~Zonzi hamda Simon Kyer jarohat olishdi. Albatta, YECHL bahslari oldidan bu katta yo‘qotish.

Italiya. Ikardining «benefis»i

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 23:32, 18.10.2017.
O'qildi: 2325 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.