Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-1 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

“Lokomotiv” va “Flitvud Taun” hamkorligi yangi bosqichga chiqadi

“Lokomotiv” va “Flitvud Taun” hamkorligi yangi bosqichga chiqadi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 2015 yilda Toshkentning “Lokomotiv” hamda Angliyaning “Flitvud Taun” klublari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Shunga asosan ingliz klubi bilan bir qator yo‘nalishlarda yaqindan xamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgandi.

Natijada dastavval “Lokomotiv” tarbiyalanuvchilari bo‘lmish Sergey Proxorov va Rustam Nortojiyev “Flitvud Taun” klubida 3 oy malaka oshib qaytishgan edi. Yaqinda “Lokomotiv”ning navbatdagi yosh futbolchilari ingliz klubida tajriba to‘plash uchun yo‘l olishdi. Yosh iste’dod egasi Xurmatbek Yo‘ldoshev hamda “Flitvud Taun” jamoasi murabbiylar shtabining iltimosiga ko‘ra iqtidorli darvozabon Rustam Nartadjiyev yana bir bor ingliz klubi mashg‘ulotlarida ishtirok etib, mazkur jamoa safida uchrashuvlarda maydonga tushish imkoniga ega bo‘lishadi.

Qayd etish joizki, ushbu ikki yosh futbolchilar bilan birgalikda Angliyaga yo‘l olgan “Lokomotiv” PFK rasmiy delegasiyasi “Flitvud Taun” jamoasi vakillari bilan bir qator masalalar bo‘yicha fikr almashdi hamda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida muzokaralar olib bordi.

Qolaversa, “Lokomotiv” delegasiyasi vakillari “Flitvud”da muxlislar bilan ishlash, marketing, o‘yinni reklama qilish kabi sohalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, o‘zaro hamkorlik doirasida “Lokomotiv” futbol maktabining yosh tarbiyalanuvchilari kelasi yili yozda Angliyada tashkil etiladigan xalqaro musobaqa ishtirok etishlari kelishib olindi. Ushbu musobaqada Peru, Meksika, Boliviya, Gollandiya, Irlandiya, Angliya, Shvesiya, Fransiya, Irlandiya hamda O‘zbekiston klublari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 12:43, 19.10.2017.
O'qildi: 2923 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик