Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Ravshan Haydarov O‘zbekiston U-23 termasiga nomzodlarni ko‘rib chiqdi

Ravshan Haydarov O‘zbekiston U-23 termasiga nomzodlarni ko‘rib chiqdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 2018 yilning 9–27 yanvar kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bo‘lajak musobaqaga sifatli tayyorlanish maqsadida 16–17 oktyabr kunlari Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘ini tashkil etildi.

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi murabbiylar kegashi tavsiyasiga ko‘ra, o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘iniga Oliy liganing 7 klubidan 23 nafar futbolchi jalb qilindi. O‘zbekiston U-23 termasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ikki kun davomida jamoaga nomzod futbolchilar imkoniyati bilan tanishib chiqdi.

«Yig‘in davomida biz ikkita jismoniy va ikkita nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazdik. Shuningdek, bitta nazorat o‘yini ham tashkil qildik. Bundan tashqari, nazorat-ilmiy guruh mutaxassislari tomonidan futbolchilarning funksional tayyorgarligi tekshirildi», – dedi Ravshan Haydarov O‘FF matbuot xizmatiga.  Jismoniy mashg‘ulotlar va nazorat o‘yini vaqtida qator futbolchilar o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatib, kelajakda O‘zbekiston U-23 termasiga nomzod bo‘lish uchun raqobatni kuchaytirdi.

Nazorat o‘yini va test natijalari asosida o‘tkazilgan video-materiallar tahlilidan so‘ng murabbiylar shtabi hamda nazorat-ilmiy guruh tomonida futbolchilarning kuchli va zaif tomonlari aniqlandi hamda futbolchilarning funksional tayyorgarligi va individual sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.  O‘quv-mashg‘ulotlar yig‘ini yuqori darajaa tashkil etilgan bo‘lib, mashg‘ulotlar va nazorat o‘yinini o‘tkazib uchun barcha sharoitlar yaratildi».

Quyida ikki kunlik o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inida ishtirok etgan futbolchilar ro‘yxati keltirilgan:

Darvozabonlar: Rahim Davronov («Lokomotiv»), Nizom Ziyovutdinov («Olmaliq»), Shoxjahon Nasimov («Buxoro»);

Himoyachilar: Sherzod Nasrullayev («Nasaf»), G‘olib G‘aybullayev («Nasaf»), Ilhom Alijonov («Nasaf»), Sergey Proxorov («Lokomotiv»), Oybek Rustamov («Qo‘qon-1912»), Nodir Yo‘ldoshev («Paxtakor»), Avaz Mamatxo‘jayev («Qo‘qon-1912»);

Yarim himoyachilar: Farruh Ikromov («Bunyodkor»), Muxammadanas Hasanov («Qo‘qon-1912»), Bobur Davlatov («Lokomotiv»), Islom Rashidxonov («Nasaf»), Aziz Omanov («Lokomotiv»), Davron Umirov («Bunyodkor»), Jahongir Ahmadov («Paxtakor»), Sobit Sindorov («Paxtakor»), Abdulla Abdullayev («Bunyodkor»);

Hujumchilar: Timur Usmonov («Lokomotiv»), Akobir To‘rayev («Buxoro»), Muhammad Sultonov («Metallurg»).

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 2018 yilning 9–27 yanvar kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Osiyo chempionatiga saralash bosqichi doirasida Ravshan Haydarov shogirdlari Nepal, Livan va BAA termalarini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lgandi. 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 17:22, 19.10.2017.
O'qildi: 5757 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.