Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Jahon chempionati tarixidagi debyutantlar haqida

Jahon chempionati tarixidagi debyutantlar haqida

Baho:
+-1 | -

Mana, JCH final raundi geografiyasining har 4 yilda kengayishi an’anasi Rossiya-2018da ham davom etadigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun aytish kerak, 1930 yili futbol bo‘yicha jahon forumi yo‘lga qo‘yilganidan buyon jami 81ta milliy jamoaga final bosqichida o‘ynash nasib etdi.

Alohida fakt shuki, jahon birinchiligi biror marta debyutant ishtirokchisiz o‘tgan emas. Tabiiyki, jamoalar o‘zlari uchun debyut turnirda qanday karomat ko‘rsatganiga birrov nazar solish qiziqarli, albatta.

Xullas, soccer.ru sayti aynan JCH debyutantlarini tartib bo‘yicha tuzib chiqdi.

JCH-30

13ta debyutant jamoa: Argentina, Belgiya, Boliviya, Braziliya, Meksika, Paragvay, Peru, Ruminiya, AQSH, Urugvay, Fransiya, Chili, Yugoslaviya

Tushunarliki, futbol tarixidagi birinchi jahon chempionatida ishtirok etgan barcha jamoalar yangi turnirning ilk debyutantlari hisoblanadi. Aslida FIFA mundialga o‘zining barcha a’zolarini taklif qilgan, hattoki, o‘sha vaqt hali assosiasiya tarkibiga kirmagan Britaniya jamoalariga ham chorlov yuborgandi.

Biroq Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiya milliy termalaridan birdek qat’iy javob oladi - «Yo‘q». Natijada ilk JCHga Yevropadan atigi 4ta jamoa boradi - Belgiya, Ruminiya, Fransiya va Yugoslaviya termalari.

Aytish joiz, «ko‘hna qit’a» vakillari mundialda qatnashish yo‘lida naq bir oy dengizda «sayr» qilishadi (Urugvayga kemada 15 kunda yetib borishadi va qaytishga ham shuncha vaqt sarflashadi). Mezbon Urugvay termasi esa jahon chempioni maqomini olgan ilk debyutant jamoaga aylanadi.

JCH-34

10ta debyutant jamoa: Avstriya, Vengriya, Germaniya, Misr, Ispaniya, Italiya, Gollandiya, sobiq Chexoslovakiya, Shveysariya, Shvesiya

Navbatdagi turnirning Yevropada tashkillashtirilishi ishtirokchilar tarkibiga jiddiy ta’sir qiladi: 16ta jamoadan 12tasi «ko‘hna qit’a» vakili edi. Umuman, ikkinchi mundialda avvalgisida ham qatnashgan jamoalardan atigi 6tasi ko‘rinish beradi: Argentina, Braziliya, Belgiya, Ruminiya, AQSH va Fransiya. Misr termasi esa jahon birinchiligi asosiy bosqichida o‘ynagan Afrikaning ilk vakili nomini oladi. Yakunda 4 yil avval kuzatilganidek, chempionlik ham mezbon, ham debyutant sifatida qatnashgan jamoaga nasib etadi - Italiya termasi.

JCH-38

4ta debyutant jamoa: Gollandiya Janubiy Hindistoni (Indoneziya), Kuba, Norvegiya, Polsha

Urushgacha bo‘lgan oxirgi jahon chempionatida atigi 4ta jamoa debyut qiladi. Ulardan biri - Gollandiya Janubiy Hindistoni (hozirgi Indoneziya) termasi atigi 1ta o‘yin bilan cheklanadi - 1|8 finalda Vengriya jamoasiga 0:6 hisobida yutqazadi. 1938 yildan keyin jahon chempionatiga biror marta chiqishmagan kubaliklar esa o‘sha birinchilikda eng yaxshi debyutant bo‘lishgandi.

Norvegiya va Polsha termalari tegishlicha Italiya hamda Braziliya jamoalariga keskin kurash taqdim etadi, ammo har ikkisi qo‘shimcha bo‘limlarda favoritlarga yo‘l bo‘shatishdan boshqa chora topolmaydi. Xususan, polyaklar va braziliyaliklar o‘rtasidagi uchrashuvda 5:6 hisobi qayd etilgandi.

Xullas, Polsha va Norvegiya termalari ilk «pley-off» raundidayoq kurashdan chetga chiqadi, Kuba milliy jamoasi esa ruminlarga qarshi kechgan takroriy o‘yinda g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l ochadi.

To‘g‘ri, orol mamlakat vakillari bu bosqichda Shvesiya termasidan qaqshatkich zarba qabul qilib oladi - 0:8. Umumiy hisobda aytsak, dastlabki 3ta mundialda jami 27ta milliy jamoa ishtirok etgan - bu hozirgacha JCH yuzini ko‘rgan qatnashchilarning naq 33 foiziga teng demakdir.

JCH-50

1ta debyutant jamoa: Angliya

Urushdan keyingi ilk JCHda birgina Angliya termasi debyutant sifatida o‘ynaydi. Biroq inglizlar guruh bosqichidan keyinoq Braziliya-50 bilan xayrlashishadi. AQSH termasining futbol kashfiyotchilari ustidan qozongan g‘alabasi aynan o‘sha mundialda kuzatiladi va XXI asrda bu haqda hattoki, alohida film suratga olindi - «Ularning hayot o‘yini». Aslida Braziliyada debyutantlar ko‘proq bo‘lishi ham mumkin edi, biroq Shotlandiya termasi oldiga mahalliy futbol assosiasiyasi rahbarlari to‘siq qo‘yishadi, Hindiston va Turkiya jamoalari esa moliyaviy yetishmovchilik sabab, Janubiy Amerika safaridan ti-yiladi. Darvoqe, hindlar shu-shu    mundial yaqiniga ham yo‘lamayaptilar. Shuningdek, Portugaliya termasi shotlandlar o‘rnini to‘ldirish taklifini qabul qilmagandi.

JCH-54

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:04, 23.10.2017.
O'qildi: 3596 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.