Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Zidan: «Natijadan qoniqdim, ammo o‘yinimizni kuchaytirishimiz kerak»

Zidan: «Natijadan qoniqdim, ammo o‘yinimizni kuchaytirishimiz kerak»

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya La ligasining 9-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Eybar»ga qarshi o‘yin (3:0) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Natijadan qoniqish hosil qildim, ammo yanada yaxshiroq o‘ynay olishimiz mumkin. 3:0 hisobidagi g‘alaba – yaxshi yakun. Biz himoyada munosib o‘yin ko‘rsatdik, ammo o‘yinimiz ideal chiqmadi.

Tarkibda rotasiya qilishimga to‘g‘ri keldi. Busiz ba’zida ideal o‘yin ko‘rsatish qiyin.

Og‘ir kechgan haftadan keyin Benzemaga dam berishga qaror qildik. Shu bois, u bugun zaxirada qoldirildi. Bu shunchaki oddiy rotasiya. Unga dam berishga qaror qildim, ammo u zaxiradan maydonga tushib, yaxshi o‘yin namoyish qildi.

Kimdir Benzemani imkoniyatidan yuqori baholangan futbolchi deb hisoblasa, men uning fikriga qo‘shilmayman. Uning o‘yini menga yoqadi, ammo hammaning fikri turlicha», – dedi Zidan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 10:00, 23.10.2017.
O'qildi: 3822 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик