Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Igor Shkvirin: «Sho‘rtan» g‘alaba loyiq o‘yin namoyish etdi»

Igor Shkvirin: «Sho‘rtan» g‘alaba loyiq o‘yin namoyish etdi»

Baho:
+ | -

Oliy liganing 26-tur doirasida kechgan “Sho‘rtan” – “Sug‘diyona” uchrashuvidan so‘ng matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Ushbu matbuot anjumaning birinchi qismida ishtirok etgan "So‘g‘diyona" bosh murabbiyi – Igor Anatolyevich Shkvirin o‘yin borasidagi fikrlarini  quyidagicha talqin qildi.

— To‘g‘risini aytsam, birinchi bo‘limni shogirdlarim “qo‘ldan o‘tar” tarzda o‘tkazishganining sababni o‘zim ham tushuna olmadim. Shuning uchun bu borada qandaydir fikr bildirishga qiynalib turibman. Ikkinchi bo‘limni esa ancha yaxshi o‘tkazdik. O‘ylaymanki, agar biz ikkinchi bo‘limning birinchi yarmida yaratgan vaziyatlarimizdan va imkoniyatlarimizdan samarali foydalanganimizda, natijada o‘zgacha bo‘lishi mumkin edi. Shunday bo‘lsada, “Sho‘rtan” jamoasining ustunligini ham rad eta olmayman. Qanchadan-qancha vaziyatlarda bizlarni darvoza ustuni va to‘sinlari hamda darvozabonimizning mahorati asrab qolgani ham bunga yaqqol dalolat bo‘la oladi. Bularning barchasini bir yerga jamlasak, “Sho‘rtan” bu g‘alabaga loyiq ekanini isbotlay oldi deb bemalol aytish mumkin.

— Jamoangiz futbolchilarida ham imkoniyatlar talaygina bo‘ldi. Ularni yakuniga yetkazib quyish uchun shogirdlaringizga nima yetishmadi yoki xalaqit qildi deb hisoblaysiz.
— Birinchi o‘rinda mohirlik yetishmadi deb o‘ylayman. Sababi, uchta yaqqol golli vaziyatda futbolchilar to‘pni darvoza ustidan oshirib tepishlarini boshqacha izohlab bo‘lmaydi. Bundan tashqari, o‘tkazishga harakat qilgan bosimimizni ham tegishli darajada yakunlay olmadik. O‘z o‘rnida shuni aytib lozimki, jamoamizda ba’zi o‘ziga, o‘z imkoniyatlariga va kuchlariga juda ishonuvchan futbolchilarimiz mavjud. Ularning o‘zlariga bo‘lshan bu ishonchlari mahoratlaridan ancha ustun kelmoqda. Fursatdan foydalanib, ular kabilarga o‘ziga bo‘lgan o‘ta ishonchni biroz pasaytirishni yoki bo‘lmasa mahoratlari ustida ko‘proq ishlab, muvozanatni ushlashni o‘rganishni maslahat bermoqchiman. Aks holda, ulardagi bu disbalans butun jamoa o‘yiniga o‘z ta’sirini o‘tkazishini anglab yetishlarini istardim.

— Bugun maydonda yetakchi futbolchilaringiz Toshpo‘latov va Rashidovlar maydonga tusha olmadilar. Nima deb o‘ylaysiz, ular bugun o‘yin suratini o‘zgartira olgan bo‘larmidi?
— Toshpo‘latovni jamoaning yetakchi futbolchisi deb hisoblamayman. U o‘tgan uchrashuvda “yo‘q joydan” keraksiz bo‘lgan qizil kartochka olib, bugungi o‘yinni o‘tkazib yubordi. Asablarni biroz jilovlay bilish kerak. Rashidovga to‘xtaladigan bo‘lsak, u sariq kartochkalari soni 4taga yetgani bois jamoamizzga yordam berolmadi. Uning o‘rni bugun haqiqatdan ham sezilib turdi.

Manba: fcsogdiana.uz
Kiritildi: 15:18, 28.10.2017.
O'qildi: 2371 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.