Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/02 00:45 Kalyari 0-0 Lasio
22/02 01:00 Manchester Siti 2-1 Nyukasl
22/02 01:00 Atletiko 4-2 Espanyol
22/02 16:30 Jenoa 3-0 Torino
22/02 18:00 Xetafe 0-1 Sevilya
22/02 19:00 Atalanta 2-1 Napoli
22/02 19:00 Nottingem Forest 0-1 Liverpul
22/02 19:00 Kristal Pelas 1-0 Vulverhempton
22/02 19:00 Sanderlend 1-3 Fulhem
22/02 20:15 Barselona 3-0 Levante
22/02 21:30 Tottenhem 1-4 Arsenal
22/02 22:00 Milan 0-1 Parma
22/02 22:30 Selta 2-0 Malyorka
23/02 00:45 Roma 3-0 Cremonese
23/02 01:00 Vilyarreal 2-1 Valensiya
23/02 22:30 Fiorentina - Piza
24/02 00:45 Bolonya - Udineze
24/02 01:00 Everton - Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves - Jirona

La Liga «PSJ»ning yevrokuboklardan chetlatilishiga erishmoqchi

La Liga «PSJ»ning yevrokuboklardan chetlatilishiga erishmoqchi

Baho:
+ | -

La liga prezidenti Xavyer Tebas L'Équipe jurnaliga bergan intervyusida PSJ ustidan UYEFAga shikoyat kiritganini ma’lum qildi.

"Barselona" hujumchisi Neymar 222 mln. yevro evaziga "PSJ"ga transfer qilinganidan keyin La liga rahbariyati parijliklar moliyaviy feyr-pley qoidasini buzgani haqida bayonot bergandi. Tebas boshchiligidagi tashkilot bayonot bilan cheklanib qolmasdan, "PSJ" moliyaviy qonunbuzarlik sirini ochdi.

Tebas 42 sahifadan iborat shikoyatni UYEFAga yubordi. Ushbu hujjatda parijliklarning transfer bozorida noqonuniy xatti-harakatlari ko‘rsatib berilgan. Jumladan, La liganing isbotlashicha, "PSJ" daromadlarining aksariyat qismini Qatarning soxta kompaniyalaridan oladi. Aynan ushbu kompaniyalar Neymarning transferini moliyalashtirgan.

"So‘nggi yillarda "PSJ" va "Manchester Siti" transferlarga ko‘p pul sarflashmoqda. Bu klublar o‘zlarining real daromadlari orqali bunday xarajatlarga qo‘l ura olmaydilar. Shu bois, ular Qatarning soxta homiylari mablag‘laridan foydalanishmoqda.

"PSJ" klubi "Real", "Barselona", "Manchester Yunayted" yoki "Bavariya"ga nisbatan ko‘proq daromad topayotgan bo‘lsa, u aldamoqda. Yil oxirigacha UYEFAning javobini kutamiz. Agar javob bo‘lmasa, u holda Yevropa ittifoqiga murojaat qilamiz. Bu ham yordam bermasa, harakatlarni davom ettiramiz. "PSJ"da qonunbuzarliklar bor ekan, nima uchun jamoa yevrokuboklardan chetlatilmasligi kerak", –deya Tebasning so‘zlaridan iqtibos keltirdi L'Équipe.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 21:18, 30.10.2017.
O'qildi: 7652 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.