Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Piter Shilton: «Yaxshi bo‘lish boshqa, buyuklikka erishish boshqa…»

Piter Shilton: «Yaxshi bo‘lish boshqa, buyuklikka erishish boshqa…»

Baho:
+ | -

FIFA gala-oqshomida mavsumning eng yaxshi darvozaboniga atalgan FIFA Goalkeeper sovrini ilk marta o‘z egasiga topshirildi.

Taqdirlash marosimidan oldin xalqaro futbol uyushmasi rasmiy sayti ijodkorlari afsonaviy kiper Piter Shiltonni suhbatga tortib, uning bu masaladagi fikrlari bilan qiziqishdi.

Chunonchi, APLda 1000tadan ko‘p o‘yinda maydonga tushgan, JCH-90da Angliya termasining yarim finalga chiqishiga yordam bergan Shilton darvozabonlikning barcha sir-asrorlariyu, nozik jihatlaridan yaxshi xabardor.

Ma’lumot uchun aytish kerak, Piter 47 yoshigacha katta futbolda faoliyat yuritgan, qolaversa, naq 2ta 10 yillik davomida Angliya milliy jamoasida birinchi raqamli kiper rolini bajargan.

- FIFA talqinidagi mavsumning eng yaxshi darvozaboni maqomiga Janluiji Buffon, Keylor Navas va Manuel Noyer nomzodi ko‘rsatildi. Sizningcha, 23 oktyabr kuni Londonda o‘tadigan taqdirlash marosimida sovrin ulardan qay biriga nasib etadi?

- Avvalo, aytishim kerak, 3 nafar da’vogar orasida Keylor Navasni ko‘rib rosa xursand bo‘ldim. U avvalgi mavsum «Real»da o‘z vazifasini a’lo darajada uddaladi.

Oxirgi jahon chempionatida ham shaxsan men uchun aynan Keylor eng yaxshi darvozabondek ko‘ringandi. U ayniqsa, texnik tomondan kuchli, o‘ynash uslubi ancha qiziqarli.

Manuel Noyerga kelsak, tushunarliki, nemis kiperi - jahon kubogining amaldagi sohibi. Ochig‘i, Manuelning yetakchilik qobiliyatiga qoyil qolish kerak. Xullas, yana bir munosib nomzod. Ammo o‘ylaymanki, bu kurashda Janluiji Buffon yaqqol favorit.

- Demak, sizningcha, sovrin italyan faxriysi mulkiga aylanadi...

- Qarang, Buffon 40 yoshda qanday o‘ynamoqda? Butun faoliyatini olsak, shunchaki, fantastika. Tabiiyki, barcha kiperlar o‘yinlar davomida xato qilishadi, ammo eng yaxshilar kamroq adashishadi. Jiji esa shundaylardan biri, shubhasiz.

- Kutilishicha, Buffon JCH-2018dan keyin qo‘lqoplarini mixga iladi. Darvoqe, siz 40 yoshingizda 1990 yilgi mundialda Italiya termasiga qarshi kechgan 3-o‘rin uchun o‘yinda ishtirok etgansiz. Buffon ham endi shu yoshda JCHda o‘ynashi mumkin.

- Italiya-90 mundialiga borgunimga qadar inglizlar darvozasini 20 yil davomida qo‘riqlagandim va ketish fursati yetgandi. Qolaversa, xalqaro faoliyatimni yuqori saviyadagi turnirda yakunlashni xohlagandim.

O‘ylaymanki, bu juda muhim. Buffonga kelsak, qanday yo‘l tutishi uning o‘ziga bog‘liq. Men faqat bir narsani bilaman - xalqaro darajadagi faoliyatni tugatgach, klub futbolida yuqori ishtiyoqni saqlab qolish juda qiyin.

- FIFA Goalkeeper sovrini ilk marta topshiriladi. Bunga umumiy munosabatingiz qanday?

- Mohiyatan olganda, darvoza  futboldagi eng muhim pozisiya sanaladi. Ha, hujumchilarning birinchi o‘ringa chiqishganiga ancha bo‘ldi. Chunki gol urish - futboldagi eng zarur san’at.

Ammo ko‘p narsa darvozabon o‘yiniga bog‘liqligini unutmaslik lozim. Misol uchun, eng hujumkor jamoa ham agar munosib kiperga ega bo‘lmasa, qandaydir sovrin yutishi dargumon.

- Angliya futbolida yaqin kelajakda bu sovringa da’vogarlik qila oladigan darvozabonlar bormi?

- Shaxsiy kuzatuvlarim asosida gapirsam, ayni payt Jek Batlend va Jorj Pikfordning salohiyati chakki emas. Ammo darvozabonlarning umumiy saviyasini ko‘tarishimiz shart.

Yaxshi bo‘lish va buyuk sifatini olish o‘rtasida katta farq bor - nozik chegara. Futbolchi avvalo, shuning mohiyatini tushunishi, chegara qayerda ekanligini bilishi zarur.

Mana, Jek qisqa vaqt ichida yetarlicha yorqin o‘yinlar ko‘rsatdi. Vaholanki, bir necha marta jarohatga bog‘liq muammolarga uchragandi. Endi shu ruhda davom etishi kerak. Shuningdek, ulkan tajriba sohibi Jo Xartni alohida e’tirof etishim joiz.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:16, 31.10.2017.
O'qildi: 2081 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик