Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Usmon Asqaraliyev: «Oyog‘imizdan chalmoqchi bo‘lganlar, maqsadlariga erisha olmadi»

Usmon Asqaraliyev: «Oyog‘imizdan chalmoqchi bo‘lganlar, maqsadlariga erisha olmadi»

Baho:
+ | -

«G‘allaorol» bilan kechgan baxsdan so‘ng «Istiqlol» ustozi o‘yin va bu yilgi mavsum taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

-"O‘yin davomida yigitlar xaqiqiy futbol qanday bo‘lishini birinchi bo‘limda ko‘rsatib qo‘yishdi. Ikkinchi bo‘limda esa zaxiradagi o‘yinchilarga imkoniyat berdim va bu vaziyatdan unumli foydalana olishmadi. Rosti shogirdlarimdan ko‘nglim to‘ldi. O‘yin avvalida jamoamga mavsumni ko‘tarinki ruxda yakunlab, mavsumni ahil jamoa bo‘lib tugatishlarini aytgandim. Bu so‘zlarim yigitlarga o‘z ta’sirini o‘tkazganidan xursandman.

Ikkinchi davra oldidan biz jadvalni 2-o‘rinida borayotgan jamoadan 12 ochkoga ortda qolayotgan edik. Bizni xech kim 2-o‘rin bilan mavsumni yakunlaydi deb o‘ylashmagandi. Xattoki bizni pisand ham qilishmayotgandi. Ammo biz qanday kuchga ekanligimizni bilganlarida kech bo‘lganligini bugun tushunib yetishayotgan bo‘lsa ajablanmayman. Oyog‘imizdan qanchalar chalishga urinishmasin, buni uddalay olishmadi. Aytadi-yu "Birovga chog‘ qazisang, o‘zing tushasan". Men jamoam bilan oldimizga qo‘yilgan vazifani bajardik xolos.

Biz barcha narsaga o‘z mexnatimiz bilan erishdik. Buning uchun yigitlarga raxmat. Albatta shogirdlarim orasida, xatto birinchi liga havosidan endigina nafas olayotgan o‘yinchilarim bor. Bu futbolchilar bilan faqat faxrlansa arziydi. Yigitlardagi shijoat bilan oliy ligada xam bir karomat ko‘rsatishimizga ishonaman. Zamonaviy futbolda tajriba xam muxim, ammo mening jamoamdagi g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq, ulardagi jasorat va mardonovor o‘yin o‘ynash xislatlari zo‘r tajribadan xam yuqorida turadi. Jamoamizning natijalariga shubxa ko‘zi bilan qaraydiganlar esa bizning «Sementchi» bilan kechgan tengma-teng kurashimiz orqali xam bilib olishlari mumkin. Vaxolanki «Sementchi» bilan baxsda g‘alabaga yaqin kelgandik. «Andijon» esa «Sementchi»ga o‘z maydonida yirik xisobda mag‘lub bo‘ldi. Endi bunisiga qanday baxonalar qilasiz. Xattoki bugungi raqibimiz bilan xam birinchi bo‘limda 0:0 xisobi qayd etishgandi. Ikkinchi bo‘limda «G‘allaorol»liklarning maydonda 2 kishi kam bo‘lib xarakatlanganliklari 4:0 xisobi qayd etilishiga olib kelgandi. Biz esa birinchi bo‘limning o‘zida 6:0 ko‘rinishini yaratdik. Men bu bilan nima demoqchiman bizning g‘alabalarimizga shubxa ko‘zi bilan qaraydiganlar adashadilar. Biz yana ta’kidlab o‘taman "xar bir g‘alabaga o‘z kuchimiz bilan erishganmiz".

Bu mavsum uchun barcha-barchaga o‘z minnatdorchiligimi bildiraman. Sodiq va xar o‘yinda qo‘llab-quvvatlab turadigan muxlislarimizga tashakkur, bizning homiylarimizga xam raxmat. Bu mavsumdan faqatgina shirin lahzalar yodimizda qoladigan bo‘ldi".

Behruz Xolikov tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:27, 02.11.2017.
O'qildi: 3712 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.