Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/01 00:45 Roma 1-1 Milan
26/01 01:00 Alaves 2-1 Betis
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids

Krishtianu Ronaldu: «Shunchaki, kichik omadsiz seriya yuzaga keldi»

Krishtianu Ronaldu: «Shunchaki, kichik omadsiz seriya yuzaga keldi»

Baho:
+-2 | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Tottenxem»dan (3:1) qabul qilib olingan olingan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Oldinroq jamoa La-liganing so‘nggi turida «Jirona»ga (2:1) ham imkoniyatni boy bergandi.

«Bu Futbol: ba’zida g‘alaba qozonasiz, ba’zida mag‘lubiyatga uchraysiz. Bu juda ham ayanchli mag‘lubiyat bo‘ldi va bu biz uchun dars bo‘lishi kerak.

Bizning jamoa g‘alaba qozonib o‘rgangan. Shuning uchun o‘zimizni qo‘lga olib, oldinga intilishimiz kerak.

Qo‘rqinchli hech narsa yo‘q, shunchaki, bizda kichik omadsiz seriya yuzaga keldi. Hech kim yoki hech narsa ideal bo‘la olmaydi.

Hozirda jamoaviy o‘yiniz o‘zimiznikiga o‘xshamayapti, lekin bu o‘tib ketishiga ishonaman. Hamma avvalgidek o‘z ishini bajarsa, vaziyatni o‘nglay olamiz» – deydi Ronaldu.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:47, 03.11.2017.
O'qildi: 3161 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.