Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston 2-0 Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron 0-1 Livan
13/01 21:30 Yaponiya 2-0 Qatar
13/01 21:30 BAA 1-1 Suriya
14/01 16:30 Iroq - Avstraliya
14/01 16:30 Tailand - Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma
15/01 00:45 Inter - Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya

Ernesto Valverde: «FIFA kunlari oldidan g‘alaba qozonish yoqimli bo‘ladi»

Ernesto Valverde: «FIFA kunlari oldidan g‘alaba qozonish yoqimli bo‘ladi»

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya La ligasining 11-turi doirasida bo‘ladigan «Sevilya»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Inyesta kecha mashg‘ulotda oxiriga qadar shug‘ullana olmadi. Uning holati hozircha noma’lum bo‘lib turibdi. Ko‘ramiz, u o‘yinda ishtirok eta olarmikan. Messi kabi u ham fantastik o‘yinchi. Tabiiyki, uning o‘rni bilinadi. Shunga qaramay, safimizda Inyestaning o‘rnini bosa oladigan futbolchilar bor. Agar Andres «Sevilya»ga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmasa, terma jamoa ixtiyoriga yo‘l oladi va u yerda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Terma jamoalar o‘yinlari munosabati bilan tanaffusga yaxshi natija bilan yo‘l olish hamisha yoqimli. Oldinda 15 kun vaqt bor va futbolchilarning ruhiy holati so‘nggi o‘yin natijasiga bog‘liq bo‘ladi. Bi biz uchun jiddiy sinov. Keyingi muhim bosqich yangi yil oldidan yuzaga keladi.

«Sevilya» — qiyin raqib. Ular muvaffaqiyatsiz o‘yinlar seriyasidan keyin yaxshiroq o‘ynay boshlashdi.

Messi bir klub safida 600-o‘yinda ishtirok etishi, uning gollari va assistentlik qilayotgani — aqlbovar qilmas natija. Ta’rifga til ojiz. Faqat Xavi va Inyesta «Barselona» safida unga nisbatan ko‘p o‘yin o‘tkazishgan», — dedi Valverde.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 07:13, 04.11.2017.
O'qildi: 2805 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.