Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Graf» Kontening noyob topilmasi

«Graf» Kontening noyob topilmasi

Baho:
+ | -

Joriy yilning 31 avgustida Davide Zappakosta «Chelsi» bilan to‘rt yillik shartnomaga imzo chekdi.

«Ko‘klar» ishqibozlari darhol yangi futbolchi haqida ko‘proq bilish maqsadida internetga murojaat qilishdi - «Zappakosta kim o‘zi?».

Ushbu xarid ko‘pchilikni hayron qoldirgani rost, zero transferlar oynasi yakunlanishi arafasida o‘ng qanotga asosiy nomzod Aleks Oksleyd-CHemberlen edi.

«Chelsi» - «Lester» bahsining ikkinchi bo‘limida maydonga tushib, debyutini nishonlagan Zappakosta ko‘pchilikda yorqin taassurot qoldirdi. 12 sentyabr kuni o‘tkazilgan «Qorabog‘»ga qarshi uchrashuvda esa yangi klubidagi ilk golini urib, YECHLda to‘p kiritgan 100-italiyalikka aylandi. Xullas, shunday startdan keyin ham 25 yoshli lateral ko‘pchilik uchun jumboqqa aylanmoqda. Kim o‘zi u?

Davide 1992 yilning 11 iyun kuni markaziy Italiyadagi Sore shaharchasida (Frozinone provinsiyasi) tug‘ildi. Futbolga ishtiyoq unga otasi Robertodan (sobiq hujumchi, hozirda murabbiy) meros. Zappakosta besh yoshida mahalliy yoshlar klubiga qo‘shilib, ilk ustozi Mario Borza qo‘l ostida shug‘ullandi. 2008 yili «Isola Liri» safiga o‘tdi.

O‘smirlar futbolidagi yo‘li ravon kechdi. Murabbiylari uning mash­g‘ulotlarda astoydil ter to‘kishi, har jabhada o‘sayotganini ta’kidlashardi. Mehnatlari samarasi o‘laroq, o‘sha kezlari Sandro Grossi boshqaruvidagi «Isola Liri»ning kattalar jamoasidan chaqiruv oldi.

«S2» seriyada 14ta o‘yin o‘tkazib, 1ta gol urgach, «Atalanta» skautlari nazariga tushdi. Shu tariqa, 2011 yilning yozida La Dea tarkibiga qo‘shildi. To‘g‘ri, u yerda uzoq qolmadi - bergamoliklar unga «S» seriyasida tajriba to‘plash imkoniyatini taqdim etishdi. Natijada Zappakosta kamtarona «Avellino»ga ijaraga berildi.

«Byankoverdi»dagi ilk mavsumi ishonchli kechmadi, vaholanki, umumiy hisobda 27ta uchrashuv o‘tkazgandi. Umuman, «Avellino»dagilar himoyachining o‘yinidan qoniqish hosil qilib, 2012|2013 yillar mavsumida uning transfer huquqini «Atalanta»dan sotib olishdi. Garchi o‘sha mavsum barqarorlikka erisholmasada, «S» seriyadagi ilk golini urdi. «Byankoverdi» esa yakunda «B» seriya yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Yangi mavsumga taraddud ko‘rish jarayonida bosh murabbiy 4-3-1-2 taktik sxemasini 3-5-2ga o‘zgartirgach, Zappakosta o‘ng qanotga o‘tib, o‘zining eng yorqin sifatlarini namoyish eta boshladi.

2013|2014 yillar mavsumi omadli kechdi: ekspertlar uning o‘yinini maqtashdi, chempionat yakunida esa Zappakostani kashfiyot sifatida e’tirof etishdi.

«V» seriyaning o‘sha mavsumida 32ta uchrashuvda maydonga tushgan Davide ikkita gol va bitta samarali uzatma muallifiga aylandi. U ham himoya, ham hujumga ulgurardi.

Italiyada Zappakostaga terma jamoa kelajagi sifatida qaray boshlashdi. Unga qiziqqan klublar orasida DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 17:28, 06.11.2017.
O'qildi: 5196 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.