Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Karles Puyol bilan matbuot anjumani o‘tkaziladi

Karles Puyol bilan matbuot anjumani o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 9 noyabr kuni yurtimizga Jahon futboli afsonasi, Yevropa va Jahon chempioni Karles Puyol tashrif buyuradi.

Uning tashrifi FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan uyushtirilayotgan bo‘lib, bu orqali FIFA prezidenti O‘zbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan yurtimizda futbolni yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan katta hajmdagi chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash va  futbolning ommaviyligini oshirishga hissa qo‘shishni maqsad qilgan.

Karles Puyol tashrifi davomida yurtimizdagi futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilari uchun master-klasslar o‘tkazib beradi, shuningdek, Oliy liga 28-tur doirasida bo‘lib o‘tadigan “Paxtakor” va “Olmaliq” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni bevosita “Paxtakor” stadionidan turib tomosha qilib boradi.

Karles Puyolning yurtimizga amalga oshirayotgan tashrifiga bo‘lgan katta qiziqishni inobatga olib, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan OAV xodimlari bilan matbuot anjumani o‘tkazish ham rejalashtirilgan. Matbuot anjumani 9 noyabr kuni soat 11:00da poytaxtimizdagi “Hyatt Regency” mehmonxonasining “Samarqand” zalida bo‘lib o‘tadi.

Karles Puyol ishtirokidagi matbuot anjumanida qatnashmoqchi bo‘lgan ommaviy axborot vositalari o‘z xodimlari ro‘yxatini O‘FF Matbuot xizmatining elektron pochtasiga (media@the-uff.com) 8 noyabr soat 15:00gacha jo‘natishlari kerak bo‘ladi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 12:54, 07.11.2017.
O'qildi: 4305 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.