Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

«Manchester Siti» dunyodagi eng qimmat tarkibga ega jamoa

«Manchester Siti» dunyodagi eng qimmat tarkibga ega jamoa

Baho:
+ | -

“CIES Football Observatory” tadqiqot markazi Yevropaning 5 ta top-ligasida ishtirok etadigan klublar narxlari haqida ma’lumot berdi.

Ya’ni jamoalar tarkibidagi futbolchilarning taxminiy transfer narxidan foydalanib, jahondagi eng qimmat 10 ta klub ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Unga ko‘ra, Angliyaning “Manchester Siti” dunyodagi eng qimmat tarkibga ega jamoalar ro‘yxatida eng oldingi o‘ringa joylashtirildi!

“Manchester Siti”, “Tottenxem”, “Barselona” va “Chelsi” klublarining hozirgi tarkibining umumiy qiymatining 1 milliard yevrodan yuqori ko‘rsatkichni zabt etdi.

“Manchester Siti” jamoasi tarkibidagi umumiy futbolchilarning narxi 1 milliard 196 million yevrodan tashkil topdi. Klubning eng qimmat futbolchisi sifatida Kevin de Bryuyne (144,5 million yevro) qayd etildi.

Bundan tashqari, “Siti”ning yana uch futbolchisining narxi ham 100 million yevrodan ko‘proq. Ular Leroy Sane (118,4 million yevro), Rahim Sterling (118,2 million yevro) va Gabriel Jezus (105,4 million yevro) lar hisoblanishadi.

Ro‘yxatning ikkinchi o‘rnini Angliyaning yana bir vakili “Tottenxem” egallagan. Ushbu jamoa futbolchilarning umumiy narxi 1 milliard 173 million yevro bo‘lib, londonliklar orasida Xarri Keyn (186 million yevro) eng qimmat futbolchi hisoblanadi.

Kuchli uchlikni “Barselona” jamoasi yakunlab berdi. Kataloniyalik futbolchilarning umumiy qiymati bir milliard 130 million yevroni tashkil etmoqda.

Ularning eng qimmat futbolchisi sifatida Luis Suares ko‘rsatilgan bo‘lsa, (134 million yevro) Lionel Messining transfer qiymati 117,3 million yevroni tashkil etdi.

Yevropa Chempionlar Ligasining amaldagi sohibi, Madridning “Real” klubi futbolchilari kutilmaganda ro‘yxatning 6-o‘rnidan joy egallashdi.

“Qirollik klubi” futbolchilarning umumiy narxi 903 million yevro. Shuningdek, madridliklar tarkibida Krishtianu Ronaldu eng qimmat futbolchi sifatida ko‘rsatilgan. Portugaliyalik futbolchining transfer qiymati 96 million yevroni tashqil qilmoqda.

Hozirda dunyoning eng qimmat futbolchisi Neymar to‘p suradigan Fransiyaning “PSJ” klubiga ro‘yxatning 10-o‘rni nasib etdi.

Eslatib o‘tamiz, Neymar joriy yilgi transferlar mavsumida 222 million yevro evaziga Ispaniyaning “Barselona” klubidan “PSJ”ga o‘tib ketgani haqida xabar bergandik.

Eng qimmat 10 ta jamoaning ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish olgan:

1. “Manchester Siti” — 1,196 mlrd yevro.

2. “Tottenxem” — 1,173 mlrd yevro.

3. “Barselona” — 1,130 mlrd yevro

4. “Chelsi” — 1,044 mlrd yevro.

5. “Manchester Yunayted” — 919 mln yevro.

6. “Real Madrid” — 903 mln yevro.

7. “Liverpul” — 901 mln yevro

8. “PSJ” — 864 mln yevro

9. “Atletiko Madrid” — 800 mln yevro.

10. “Yuventus” — 743 mln yevro.

Ma’lumot uchun, futbolchilarning transfer qiymati “CIES” tadqiqot guruhi tomonidan ishlab chiqilgan algoritm asosida baholanadi.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 22:37, 07.11.2017.
O'qildi: 4728 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.