Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shota Arveladze: «G‘alabalar uchun ishqibozlardan minnatdorman»

Shota Arveladze: «G‘alabalar uchun ishqibozlardan minnatdorman»

Baho:
+ | -

"Olmaliq" bilan uchrashuvdan so‘ng "Paxtakor" bosh murabbiyi uchrashuv xususida fikrlarini bildirdi.

Shota Arveladze:  - Bugun uyda ushbu mavsumdagi so‘nggi o‘yinimizni o‘tkazdik. Ishqibozlarimizga rahmat aytaman. Ular oxirgi uchrashuvlarda jamoani juda yaxshi qo‘llab-quvvatlab turishdi. Muxlislar sonining ko‘payishi bizga qo‘shimcha kuch beradi.

O‘yinni to‘liq nazorat qildik va raqibga deyarli zarba berishga yo‘l qo‘ymadik. Ikkinchi davrada uydagi barcha bellashuvlarda g‘alaba qozondik va birgina gol o‘tkazdik.

Oldimizda so‘nggi uchrashuv qoldi. "Nasaf" bilan Qarshida maydonga tushamiz. Jamoaga kelganimda oldimga uchlikdan o‘rin olish vazifasi qo‘yilgandi. Endi oxirgi o‘yinimiz ikkinchi o‘rin masalasini hal qiladi. O‘sha uchrashuvda bor kuchimizni ishga solamiz. Yutgan taqdirimizda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritamiz.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 21:31, 09.11.2017.
O'qildi: 2722 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик