Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lempard Alvaro Moratani maqtadi

Lempard Alvaro Moratani maqtadi

Baho:
+ | -

Londonning “Chelsi” klubi sobiq futbolchisi Frenk Lempard “ko‘klar” Alvaro Moratani sotib olib yaxshi ishga qo‘l urishganini aytib o‘tdi.

“Morataning o‘yinlari haqiqatdan har bir kishiga yoqadi. U imkon bo‘lganda gol urishga oshiqadi. Morata - ajoyib hujumchi. Unda yuqori darajadagi futbolchilarda bo‘lgani kabi barcha hislatlar bor. To‘p bilan yaxshi ishlay oladi, tezligi va bosh bilan o‘ynay olishda boshqalardan ustun hisoblanadi.

Morataning “Manchester Yunayted”ga urgan goli Alvaroda bosh bilan o‘ynash qobiliyati boshqalardan yuqori ekanligini isbotlab berdi. Kichik jarohat olishiga qaramay, maydonga qaytib yana avvalgidek harakat qilishda davom etmoqda. O‘ylaymanki, Morata hali “Chelsi” uchun juda katta foyda keltiradi”, - deydi Lempard.

Manba: www.soccer.ru
Kiritildi: 14:50, 10.11.2017.
O'qildi: 2810 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик