Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Nazorat o‘yini. «Metallurg» – O‘zbekiston U-23 – 1:1

Nazorat o‘yini. «Metallurg» – O‘zbekiston U-23 – 1:1

Baho:
+ | -

Kecha poytaxtimizdagi JAR stadionida Bekobodning “Metallurg” va O‘zbekiston U-23 terma jamoalari o‘rtasida ko‘rik-nazorat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli kechgan bahsda durang – 1:1 hisobi qayd etildi.

Uchrashuvda “Metallurg” hududiy ustunlikka ega bo‘ldi. Jamoa o‘yinining shakllanganligi, futbolchilarning bir birlarini tushunib harakat qilishlari yaqqol sezilib turdi.

Ayniqsa birinchi bo‘limda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi posboni Rahimjon Davronovga oson bo‘lmadi.

O‘yinning 26-daqiqasida Murodjon Toshmatov hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari bekobodliklar bir nechta qulay vaziyatlardan foydalanishmadi.

Ikkinchi bo‘limda Ravshan Haydarov yoshlar termasi tarkibini deyarli to‘liq yangiladi.

Natijada ularning o‘yinida o‘zgarish kuzatildi va O‘zbekiston U-23 terma jamoasi hisobni tenglashtirib, mag‘lubiyatdan qutilib qolishga erishdi.

Golni yoshlar standart vaziyatdan kiritishdi. Burchakdan to‘p o‘yinga kiritilganda bekobodliklarning sobiq himoyachisi Dostonbek Tursunov boshi bilan to‘pni urib. Darvoza to‘riga tushirdi.

“Metallurg” – O‘zbekiston U-23 – 1:1.

14.11.2007. JAR stadioni.

Hakam: A.Ergashev.

“Metallurg”: Z.Safoyev (T.To‘ychiyev), M.Qahramonov, H.Hoshimov, S.Allayev, A.Husinov (A.Toshqo‘ziyev), A.Ziyovuddinov (D.Odilov), J.Abdumo‘minov (D.Karimov), A.No‘’monov (S.Qodirqulov), M.Toshmatov (U.Xudoyorov), I.Isoqjonov, Z.Abdullayev (M.Sultonov).

O‘zbekiston U-23 mazkur uchrashuvda quyidagi futbolchilardan foydalandi:

Darvozabonlar: Rahimjon Davronov (“Mash’al”), Dilshod Hamroyev (“Navbahor”);

Himoyachilar: Doston Tursunov (“Neftchi”), Husniddin G‘ofurov (“Neftchi”), Abbosjon Otaxonov (“Navbahor”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Doniyor Narzullayev (“Nasaf”), Avaz Mamatxo‘jayev (“Qo‘qon-1912”), Sherzod Nasrullayev (“Nasaf”), Oybek Rustamov (“Qo‘qon-1912”); Yarim himoyachilar: Jahongir Ahmadov (“Paxtakor”), Sharof Muhitdinov (“Nasaf”), Xurshid G‘iyosov (“Bunyodkor”), Suhrob Nurulloyev (“Paxtakor”), Abdujamol Isroilov (“Neftchi”), Islom Rashidxonov (“Nasaf”);

Hujumchilar: Azizbek Amanov (“Lokomotiv”), Zabihillo O‘rinboyev (“Paxtakor”), Andrey Sidorov (“Qo‘qon-1912”).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:42, 15.11.2017.
O'qildi: 1994 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик