Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

O‘zbekiston futbol federasiyasi Janubiy Koreya futbol assosiasiyasi bilan memorandum imzoladi

O‘zbekiston futbol federasiyasi Janubiy Koreya futbol assosiasiyasi bilan memorandum imzoladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Janubiy Koreya Futbol Assosiasiyasi Prezidenti Chun Mun Guning taklifiga ko‘ra Seul shahriga xizmat safari uyushtirib, Janubiy Koreya futboli mutassaddilari bilan uchrashdi.

Seulda bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Futbol Federasiyasi va Janubiy Koreya futbol Assosiyasiyasi o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Futbol Federasiyasi va Janubiy Koreya Futbol Assosiasiyalari o‘rtasidagi o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish borasida ham kelishuvga erishildi.

Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov va Chun Mun Gu O‘zbekiston Futbol Federasiyasi va Janubiy Koreya Futbol Assosiasiyasining hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumini imzoladilar.

Ushbu memorandum ikki federasiyaning turli toifadagi terma jamoalariga o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish va musobaqalarda ishtirok etish, tegishli mutaxassis va ekspertlariga o‘quv kurslari, seminar va konferensiyalarda ishtirok etish imkonini beradi. Bundan tashqari tomonlar ikki mamlakatning turli yoshdagi terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil qilish bo‘yicha ham hamjihatlikda ishlashga kelishib oldilar.

“Janubiy Koreya Futbol Assosiasiyasi bilan imzolangan memorandum yurtimizda futbolni yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. Mazkur memorandum asosida O‘zbekiston Futbol Federasiyasi xodimlari Janubiy Koreyada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishishlari, marketing, menejment, reklama, futbol maktablari, mashg‘ulot o‘tkazish jarayonlari kabi ko‘plab faoliyatlar bo‘yicha malaka oshirishlari mumkin bo‘ladi”, - deydi Umid Ahmadjonov.

Seuldagi uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Yaponiya poytaxti Tokio shahriga uchib ketdi. Tokioda 17 noyabr kuni Yaponiya Futbol Assosiasiyasi Prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 10:12, 16.11.2017.
O'qildi: 4658 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.