Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

O‘zbekiston terma jamoasini Osiyo chempioni qilgan yigitlar hozir qayerda? (+foto)

O‘zbekiston terma jamoasini Osiyo chempioni qilgan yigitlar hozir qayerda? (+foto)

Baho:
+ | -

Sports.ru saytining «Uzbekskaya kuxnya» blogi O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo o‘yinlaridagi g‘alabasini yodga oldi. 1994  yili Osiyo o‘yinlari Yaponiyaning Xirosima shahrida bo‘lib o‘tgan.

O‘sha payt turnirda OFKga a’zo mamlakatlarning milliy terma jamoalari ishtirok etishlari mumkin edi. Keyinchalik OFK turnirda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar qatnashishlarini belgilab qo‘ydi.

O‘sha yili jahon chempionatida ishtirok etgan Saudiya Arabistoni terma jamoasi Osiyo o‘yinlari-94da jangovar tarkibi bilan borgandi.

O‘zbekiston  termasi esa guruhdagi ikki o‘yin-da aynan saudiyaliklarga qarshi bahs olib borgan. Shuningdek, guruhda Malayziya, Tailand va Gonkong jamoalari bor edi. Rustam Akramov shogirdlari turnirni ajoyib tarzda boshlashadi.

Ya’ni, Saudiya va Malayziya terma jamoalari umumiy - 9:1 hisobida mag‘lub etildi. Keyin Gonkong qiyinchilik bilan dog‘da qoldiriladi - 1:0. Tailandga qarshi bahs esa haqiqiy jangga aylanib ketadi.

Shuhrat Maqsudov va Mirjalol Qosimov ikkitadan gol urgan bo‘lsalar, Igor Shkvirin o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘yadi. Yakunda ­Tailand 5:4 hisobida mag‘lub etiladi va guruhda 1-o‘rin.

Chorak finalda Turkmaniston darvozasiga javobsiz 3-ta to‘p yo‘llanadi. Yarim final o‘yini esa turnirdagi eng qiyiniga aylanadi. Bu safar Janubiy Koreya termasi raqiblik qilgandi.

O‘sha vaqt ham koreyslarni mag‘lub etish oson emasdi. Ammo qahramonlarimiz buning uddasidan chiqishgan. O‘yin taqdirini Azamat Abduraimovning yagona goli hal qildi.

Natijada, O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi bor yirik turnir finaliga yo‘l oladi. Hal qiluvchi uchrashuvda Xitoy termasi ustidan 4:2 hisobida zafar quchiladi.

Hozirda o‘sha musobaqada ishtirok etgan futbolchilarning taqdiri ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Demak, ularning ayni payt nimalar bilan band ekanliklariga e’tibor qaratamiz.

Yuriy Sheykin

Sheykin faoliyatining asosiy qismini o‘rtamiyona klublarda o‘tkazdi. Uning yulduzli onlari Osiyo o‘yinlariga to‘g‘ri keldi. O‘shanda darvozabonni musobaqadagi eng yaxshisi sifatida e’tirof etiladi.

Ayniqsa, Janubiy Koreya termasiga qarshi uchrashuvda o‘zini ko‘rsatgandi. Shundan so‘ng o‘rtamiyona «Traktor» posboni o‘zbekistonlik futbol muxlislari yoqimtoyiga aylandi.

Hozir qayerda? 2000 yili Yuriy Sheykin doimiy yashash uchun Rossiyaga yo‘l oldi. 2004 yili esa Buyuk Novgorodda olamdan o‘tdi.

Berdax Allaniyozov

Sobiq ittifoq davrida quyi divizion klublarida o‘ynagan. Mustaqillik yillarida esa esa oliy liga vakili hisoblangan Nukusning «Orol» jamoasi sharafini himoya qildi.

Tailand termasiga qarshi bahsda aynan Allaniyozov to‘rtta gol qo‘yib yuborgandi.

Hozir qayerda? 52 yoshli Allaniyozov radarlardan yo‘qolib qoldi. Uning nomi na «feysbuk»da, na boshqa tarmoqlarda yo‘q.

Ammo Tataristonda jumladan, avtomobil ehtiyot qismlari bilan savdo qiluvchi firma ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu firma shu familiya va ismdagi insonga tegishli.

Fevzi Davletov

O‘zbek futbolining 90-yillardagi eng yorqin vakillaridan biri. U mamlakatning barcha davrlardagi eng yaxshi futbolchilari ro‘yxatidan joy olgan.

Rossiya, Qozog‘iston klublarida ham muvaffaqiyatli to‘p surgan. Faoliyatining oxirida O‘zbekistonga qaytib, «Qizilqum» va «Andijon»da faoliyat olib bordi.

Hozir qayerda? Bekobodning «Metallurg» klubida bosh murabbiy yordamchisi bo‘lib ishlamoqda.

Andrey Fyodorov

O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi himoyachilardan biri. Asli marg‘ilonlik futbolchi «Neftchi» bilan bir necha bor O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. Vaqtida Fyodorov Mos-kvaning SSKA klubida o‘ynashi mumkin edi.

Har holda, 1995 yili ushbu jamoadan taklif olgandi. Lekin Andrey mojaroli vaziyatga tushib qolgan: OCHL o‘yinida hakamni turtib yuborgani uchun 2 yilga diskvalifikasiya qilingan. To‘g‘ri, jazo muddati keyinchalik bir yilga qisqartirilgan.

Taqdir taqozosi bilan u «Rubin»ga yo‘l oldi. Qozonliklar bilan barcha yo‘llarni bosib o‘tdi va ikki bor Rossiya chempioni bo‘ldi. Ayni payt ham Qozonda Fyodorovni hurmat qilishadi.

Hozir qayerda? Toshkentning «Lokomotiv» klubida yordamchi murabbiy sifatida ishlamoqda.

Farhod Magometov

Magometov Osiyo o‘yinlaridan so‘ng «Navbahor»da faoliyat olib bordi. Shundan so‘ng, butsalarini mixga ildi.

Hozir qayerda? Oktyabr oyida O‘zPFL bosh direktori lavozimini tark etdi. Ushbu tashkilotga 2008 yildan buyon rahbarlik qilayotgandi.

Ulug‘bek Ro‘zimov

Ro‘zimov turnirga zaxira o‘yinchisi sifatida borgandi. Biroq 3ta o‘yindan so‘ng asosiy tarkibga kiritildi va eng yaxshi himoyachilardan biri bo‘ldi.

 

Turnirdan so‘ng esa «Xorazm» va «Metallurg» sharafini himoya qildi. Faoliyatini yakunlagach, murabbiylik kurslarida o‘qidi.

Hozir qayerda? Shu yilning may oyida jigar serrozi oqibatda vafot etdi.

Aleksandr Tixonov

Aleksandr Viktorovich faoliyatining asosiy qismini sobiq ittifoq quyi divizioni jamoalarida o‘tkazgan.

Shuningdek, Ukrainaning «Tavriya» jamoasi sharafini ham himoya qilgan. Farg‘onaning «Neftchi» jamoasi safida esa muvaffaqiyat qozondi. U farg‘onaliklar safida 200tadan ortiq uchrashuvlarda maydonga tushgan.

Hozir qayerda? Fryazino shahridagi BO‘SMda murabbiylik qilmoqda.

Mirjalol Qosimov DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:35, 17.11.2017.
O'qildi: 17511 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.