Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/01 00:45 Milan 1-1 Kalyari
12/01 01:00 Sevilya 1-1 Valensiya
12/01 16:30 Jenoa 1-0 Parma
12/01 18:00 Las-Palmas 1-2 Xetafe
12/01 19:00 Venetsiya 0-1 Inter
12/01 20:15 Atletiko 1-0 Osasuna
12/01 22:00 Bolonya 2-2 Roma
13/01 00:45 Napoli 2-0 Verona
14/01 00:45 Monsa - Fiorentina
14/01 01:00 Real Sosyedad - Vilyarreal
14/01 22:30 Komo - Milan

Marat Izmaylov: «Ikkinchi divizion umuman boshqa dunyo»

Marat Izmaylov: «Ikkinchi divizion umuman boshqa dunyo»

Baho:
+ | -

Rossiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Marat Izmaylov «Sovetskiy sport» nashriga intervyu berdi. 35 yoshli futbolchi suhbat chog‘ida «Ararat»da o‘ynagan davri va ikkinchi diviziondan olgan taassurotlari haqida gapirib o‘tdi.

- «Ararat»dan ketgandan so‘ng, keyingi oylarda nima bilan mashg‘ul bo‘ldingiz?

- Futbolga aloqador bo‘lmagan ishlar bilan. Agar professional shartnomaga ega bo‘lsangiz, boshqa ishga vaqtingiz bo‘lmaydi. Har xolda menda shunday. Bor e’tiborimni ishga qarataman va berilib ketaman. Qolganlari esa ikkinchi, uchinchi o‘rinlarda. Natijada, qolgan ishlar yig‘ilib qoladi. Ayni paytda shu masalalarni hal qilish bilan ovoraman. Ertalabdan kechgacha yuguraman. Hech nimaga ulgurmayapman.

- Agentingiz Paulo Barboza bilan aloqalar bormi? Faoliyatingizni davom ettirishingiz uchun takliflar-chi?

- Ha. Paulo va futbol dunyosining boshqa insonlari bilan ham aloqalarim bor. Takliflar yetarli. Har doim bo‘lib turibdi.

- Aytishlaricha «Ararat»ni jarohat tufayli tark etibsiz.

- U yerdan jarohat tufayli ketganim yo‘q. Ketishimning asl sababini aytishim noo‘rin. Chunki, bu nafaqat menga, balki men hurmat qiladigan klub rahbarlariga ham bog‘liq. Biz iliq xayrlashdik. Bu bizning oramizda qolgani ma’qul. Faqat shuni aytishim mumkin: bu jamoada hech qanday mojarolar bo‘lmadi. Barchasini zamonaviy odamlardek hal qildik. Bundan xursandman.

- Demak, ketish sababchisi o‘zingiz.

- Ha.

- Siz «Ararat»da uch oy o‘ynadingiz. Kelishuv esa bir yilga tuzilgandi. Shartnomani bekor qilish oson bo‘ldimi?

- Albatta, yo‘q. Professional futbolchi shartnomasi yakunlanmay ketmoqchi bo‘lsa, hech qachon oson bo‘lmaydi. Kelishuvni bekor qilish uchun ma’lum vaqt ketdi. Lekin muhimi, bir-birimizni tushundik.

- O‘n yillik tanaffusdan so‘ng siz yana Moskva klubida o‘ynadingiz va uni tark etdingiz. Ota-onangiz xafa bo‘lishmadimi?

- Ota-onalar hamisha farzandlari uchun yaxshi bo‘lishini istashadi. Bu borada ular menga ishonishadi. To‘g‘ri, otam biroz asabiylashdi. U kishi yana stadionda o‘yinimni jonli ko‘rishni boshlagandilar. Hozir esa bunday imkoniyatga ega emaslar.

- Siz to‘rtta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdingiz. Ammo kam o‘yin o‘tkazdingiz. Bunga jarohatlar sababmi?

- Jamoaga boshqalardan keyinroq qo‘shildim. Mavsum avvalida formamni tiklab olishimni va jamoa safida o‘ynashimni aytishdi. Boshqa futbolchilar yig‘inlar chog‘ida bir-birlarini yaxshi tushunib olishgandi. Asta sekinlik bilan o‘yin sxemasiga, jamoaga moslashib ketayotgandim. Bir nechta o‘yin o‘tkazgandan so‘ng Belgorodda jarohat oldim. Bir oycha davolandim va yana jamoa bilan mashg‘ulotlarda qatnasha boshladim. Lekin baxtga qarshi o‘sha paytga kelib jamoa bilan xayrlashishimga to‘g‘ri keldi.

- «Ararat»ni avvaliga Sergey Bulatov boshqardi. Avgustda esa uning o‘rnini Aleksandr Grigoryan egalladi. Ularning qay biri bilan ishlash osonroq edi?

- Hozirgacha murabbiylar bilan deyarli muammoga duch kelmaganman. Bulatov va Grigoryan ham shular jumlasidandir. Ularning har biri bilan ishlash qiziqarli edi.

- Aleksandr Grigoryan siz haqingizda iliq fikrlar bildirdi. Uning o‘zi qanday mutaxassis? DAVOMI

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:24, 19.11.2017.
O'qildi: 1754 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.