Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappeni Madridning «Real» klubidan ketishini talab qiluvchi petisiya 11 milliondan ortiq imzo to‘pladi.
Avvalroq, Kilian jamoadagi ayrim sheriklarining, jumladan Vinisius Juniorning xatti-harakatlaridan norozi ekani xabar qilingandi. Shuningdek, futbolchi Ispaniya chempionatining 35-turidagi «Barselona»ga qarshi o‘yin oldidan Italiyaga dam olish uchun yo‘l olgani sabab muxlislar tanqidiga uchradi. Shu bilan birga, Mbappe 24 aprel kuni La Liga doirasida «Betis» (1:1)ga qarshi uchrashuvda olgan jarohatidan tiklanmoqda. «Barselona»ga qarshi bahs 10 may kuni bo‘lib o‘tadi.
27 yoshli Kilian Mbappe 2024 yildan buyon «Real» safida to‘p tepmoqda. Uning avvalgi jamoasi Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi bo‘lgan.













