Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bizni qo‘llab-quvatlagan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiraman»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bizni qo‘llab-quvatlagan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiraman»

Baho:
+ | -

Matbuot anjumanining navbatdagi qismida jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi va o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

-Barcha muxlislarni tabriklayman. Mavsum davomida bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha ishqibozlarga, insonlarga minnatdorchilik bildiraman. Chiroyli g‘alabaga erishdik.

Birinchi bo‘lim teng kurashlar ostida o‘tdi. Lekin ular birinchi bo‘lib, xavfli vaziyat ham yarata olishdi. Raqibimiz juda kuchli edi, ammo muxlislarimizda va futbolchilarimizda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq yuqori bo‘ldi. Buning evaziga biz bugun haqli ravishda, yirik hisobda g‘alaba qozondik

Shunday hisobni kutganmidik? Aytib o‘tdim, raqib ancha jiddiy edi. Shu boisdan bunday hisobni kutmagandik. Qaysidir ma’noda, bugun omadimiz ham keldi. Yaratilgan vaziyatlarni barchasini golga aylantira oldik.

Nimadan xavotirda edim?  O‘yinni  qiymati juda yuqori bo‘lib ketdi.

Bu holat futbolchilarga  ortiqcha bosim yuklashi mumkin. Lekin hozirgi kunga kelib bizning jamoamizning tayyorgarligi "Paxtakor"dan ko‘ra yaxshiroq. Agarda bosim bo‘lganida, futbolchilarimiz bu kabi yorqin va erkin harakat qila olishmasdi.

Kelgusi rejalarimiz, “Navbahor” bilan bo‘ladigan o‘yindan keyin tuziladi.

OCHLda o‘ynash uchun yaxshi salohiyatga ega futbolchilar zarur. Bu albatta jiddiy masala. Bu borada klub rahbariyati bilan maslahatlashamiz. OCHLda qatnashadigan bo‘lsak, bizga ikkita bir xil tarkib kerak bo‘ladi. Chunki ikki frontda yaxshi ishtirok uchun ikkita teng kuchli tarkib lozim bo‘ladi. Bizni o‘z qo‘z ostimizga olib qo‘ygan futbolchilarimiz bor. Hozircha ularning nomini aytishga erta.

Aytib o‘tish joizki, bizda quyi ligada o‘ynagan, o‘rinbosarlarimiz tarkibida o‘ynayotgan kedajagi porloq o‘yinchilarimiz bor. Kelgusida albatta ularni asosiy tarkibimizga jalb qilamiz.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 20:39, 19.11.2017.
O'qildi: 4025 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик