Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Italiyasiz mundial yoxud Shvesiya grandlar kushandasimi?

Italiyasiz mundial yoxud Shvesiya grandlar kushandasimi?

Baho:
+ | -

Biz Italiyani yirik musobaqalarning favoriti sifatida bilardik. Bu yurt vakillariga qarshi qaysi mamlakat terma jamoasi o‘ynamasin, albatta, alohida tayyorgarlik bilan maydonga to‘shardi. Turli yillarda bu mamlakat futbolida Paolo Rossi, Chezare Maldini, Paolo Maldini, Roberto Badjo kabi dunyo darajasidagi futbolchilar yetishib chiqqan.

JCH-2018 saralashida ham Italiya yomon o‘ynamadi. Jampyero Ventura ham tarkibni yomon shakllantirmayotgandi. Tarkibda bir qancha yangi iqtidorli yoshlarni ko‘rdik. Ular kelgusida o‘z ustida kuproq ishlasalar Apennin yarim orolida yangi Buffon, Maldini va Badjolar yetishib chiqsa ne ajab?

Guruh bosqichida Italiyani Ispaniya terma jamoasi sinovdan o‘tkazdi. So‘nggi yillarning eng kuchli jamoalardan biri ispanlar Italiyani guruhda qoldirib ketdi. Ular haqiqatan ham Italiyadan bir bosh ustun edi. "Real" va "Barselona"ning yetakchi futbolchilaridan tuzilgan Ispaniya guruhda haqli ravishda birinchi o‘rinni egalladi. Italiya pley-offda kuchini ko‘rsatishi aniq edi. Ularning raqiblari Shvesiya termasi Zlatan Ibragimovichsiz qolgan bo‘lsa ham anoyi jamoa emasdi. Shvesiya terma jamoasi Zlatan Ibragimovich yetakchiligida JCH-2010 va JCH-2014 saralashidan o‘tolmadi. Ular oxirgi marta JCH-2006 mundialida ishtirok etishgan.

Shvesiya terma jamoasi azaldan ham grandlar uchun noqulay raqib bo‘lib kelgan. Esingizda bo‘lsa, 2002 yilda Yaponiya va Janubiy Koreyada o‘tgan JCHda Shvesiya Argentinani yig‘latgandi. Endi Italiyaning boshiga shu kunni soldi. O‘sha Argentinaga qarshi o‘yin xuddi kechagi Italiyaga qarshi o‘yinning ko‘chirilgan nusxasi desa ham bo‘ladi. Chunki ahamiyati jihatidan ikkala o‘yin ham hayot-mamot janggi edi. Qizig‘i, o‘sha o‘yinda Shvesiyani durang natija qanoatlantirardi.

Argentina terma jamoasi esa musobaqa favoritlaridan biri edi. Ular saralash bosqichini yuz foizlik natija bilan yakunlagan, mundialga esa faqat va faqat chempionlikni maqsad qilishgandi. Mundialdagi dastlabki bahsda Nigeriya terma jamoasi mag‘lub etildi. Ikkinchi o‘yinda esa Angliyaga kichik hisobda imkoniyat boy berildi — 0:1. Oxirgi tur oldidan Angliya va Shvesiyada 4 ochko, Argentinada 3 ochko bor edi.

Shvesiyaga qarshi bahsni ham Argentina hujumlar yomg‘iri ostida o‘tkazdi. Ammo himoyani ikki qator qo‘yib olgan Shvesiya terma jamoasi argentinalik yulduzlarning orzularini yakson qildi. 59-daqiqada shvedlar yarim himoyachisi Anders Svensson jarima to‘pini qoyilmaqom ijro etdi va Argentinaning ahvoli yanada qiyinlashdi. Axir bundan bu yog‘iga ularni durang ham qanoatlantirmasdi. Himoyaga yotib olgan Shvesiya darvozasi 88-daqiqaga kelib ishgg‘ol etildi. Ernan Krespo argentinaliklar uchun umid yaratib berdi. Birok 1:1 hisobi o‘yinda yakuniy natija bo‘lib qoldi. Argentina mundialni guruh bosqichida yakunladi. Tarkib esa hakikatan ham chempion bo‘ladigan tarkib edi. O‘sha uchrashuvda kimlar maydonga tushgani bilan tanishing.

JCH- 2002. Guruh bosqichi
Argentina – Shvesiya - 1:1
Rifu (YAponiya). "Miyagi" stadioni. 45777 tomoshabin. Hakam — Ali Busayim (BAA)
Argentina: Kavalyero, Sorin(Veron, 63), Pochettino, Samuel, Shamot, Almeyda (Kili Gonsales, 63), Dzanetti, Aymar, Klaudio Lopes, Batistuta(Krespo, 59), Ortega.
Bosh murabbiy: Marselo Byelsa
Shvesiya: Xedman, Myolberg, Myalbyu, Yakobsson, Luchich, Linderot, Aleksandersson, A. Svensson(YUnsson, 68), M. Svensson, Olbak( A. Andersson, 46), X. Larsson(Ibragimovich, 88).
Bosh murabbiy: Tommi Syoderberg
Gollar: Krespo (88) — A.Svensson (59).
Noaniq penalti: Ortega (88)

Ko‘rib turganingizdek, Shvesiya o‘shanda chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan birini mundialdan mahrum kilgandi. Italiya terma jamoasi ham oxirigacha kurashdi. Lekin Shvesiya terma jamoasining himoyasi bexato o‘ynadi.

Uch jahon chempionatidan beri omadi yurishmayotgan "Skuadro adzurra"ga 2006 yilgi jahon chempionligi xayrli kelmagan ko‘rinadi. JCH-2010 va JCH-2014 mundiallarida Italiya terma jamoasi guruhda qolib ketgandi. Endi esa mundialdan ham quruq qoldi. Ammo "A" seriyadagi intriga muhitidan shuni anglaymizki, bu mamlakatda hali iste’dodlar talaygina. Ular hali katta musobaqalarda o‘zlarini ko‘rsatishadi. Bunga shubha yo‘q! Ayniksa, terma jamoaning JCHsiz qolishi butun mamlakat futbolini larzaga keltirgani tabiiy. Ana shuning uchun italyanlar endi hammasini "nol"dan boshlaydilar. Bu aniq! Yangi-yangi Badjolar, Tottilar, Maldinilar, Pirlolarni ko‘ramiz hali. Shu o‘rinda JCH yo‘llanmasini Zlatan Ibragimovichsiz hal etgan Shvesiya terma jamoasiga ham omadlar tilaymiz!

Safarali Siddiqov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:07, 21.11.2017.
O'qildi: 4006 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.