«Bavariya» klubi bosh murabbiyi Yupp Xaynkes hujumchi Robert Levandovski myunxenliklar klubini tark etmasligini aytib o‘tdi.
«Levandovskining «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi bor. U «Bavariya»ni tark etmaydi», — deydi Xaynkes.
Polshalik futbolchining jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar mo‘ljallangan. Hozirda nemis grandi Robertning oldingi chiziqdagi ishini yengilashtirish maqsadida yana bir hujumchi sotib olishni mo‘ljallamoqda.