Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

UzReport TV telekanali Jahon chempionati 2018ga qur’a tashlash marosimi translyasiya huquqini xarid qildi

UzReport TV telekanali Jahon chempionati 2018ga qur’a tashlash marosimi translyasiya huquqini xarid qildi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ertaga 1 dekabr kuni Rossiya Federasiyasi poytaxti Moskva shahridagi Kreml saroyida 2018 yilgi Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Marosimni taniqli rossiyalik teleboshlovchi Mariya Komandnaya va angliyalik sobiq futbolchi Gari Lineker olib borishadi. 32ta terma jamoani guruhlarga bo‘lishda ularga Pele, Diyego Maradona, Fabio Kannavaro, Diyego Forlan kabi futbol afsonalari va yulduzlari yordam berishadi.

Yurtimizdagi millionlab futbol muxlislarining qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, “UzReport TV” telekanali Jahon chempionati 2018 ga qur’a tashlash marosimi translyasiya huquqini xarid qildi. Ertaga Toshkent vaqti bilan soat 20:00dan boshlab “UzReport TV” hamda “Futbol TV” telekanallarida qur’a tashlash marosim jonli efirda namoyish qilinadi.

Dunyoning 32ta kuchli terma jamoasi mundialning guruh bosqichidagi o‘z raqiblarini bilib olishadi.

Jahon chempionati 2018ga qur’a tashlash marosimini o‘tkazib yubormang!

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 16:16, 30.11.2017.
O'qildi: 14405 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик