Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

JCH-2018. Qur’a tashlash marosimi oldidan rasmiy xeshteg va plakatlar taqdim etildi

JCH-2018. Qur’a tashlash marosimi oldidan rasmiy xeshteg va plakatlar taqdim etildi

Baho:
+ | -

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) tashkiloti JCH-2018 musobaqasi uchun rasmiy plakatini taqdim etdi.

Rasmiy posterga “Dinamo” klubining sobiq futbolchisi, 1963 yilgi “Oltin to‘p” sovriniga nomzod marhum Lyov Yashinning surati joylandi.

Shuningdek, FIFA musobaqaning qur’a tashlash marosimidagi rasmiy xeshtegi qanday ko‘rinishda bo‘lishiga ham aniqlik kiritdi.

Unga ko‘ra, bugun 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan qur’a marosimining xeshtegi #Worldcupdraw yozuvli ko‘rinishda bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, 2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining final bosqichiga qur’a tashlash marosimi ertaga, 1 dekabr kuni Moskvadagi “Gosudarstvenniy Kremlyovskiy dvores” zalida o‘tkaziladi.

Marosim jarayonini Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi, ayni paytda futbol eksperti hisoblanmish Gari Lineker va boshlovchi Mariya Komandnayalar birgalikda olib borishadi.

JCH–2018 final bosqichi 2018 yilning 14 iyun kunidan 15 iyul kuniga qadar Rossiyaning 11 shahri: Moskva, Sankt-Peterburg, Kazan, Sochi, Nijniy Novgorod, Samara, Kaliningrad, Yekaterinburg, Saransk, Volgograd va Rostov na-Donudagi 12 ta stadionda bo‘lib o‘tadi.

Quyida JCH–2018da ishtirok etadigan jamoalarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishing: Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika, Polsha, Misr, Islandiya, Serbiya, Portugaliya, Fransiya, Urugvay, Argentina, Kolumbiya, Panama, Senegal, Tunis, Marokash, Shveysariya, Xorvatiya, Shvesiya, Daniya, Avstraliya, Peru.

Eslatib o‘tamiz, qur’a tashlash marosimini “Sport” telekanali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etishni rejalashtirgan.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 12:25, 01.12.2017.
O'qildi: 3479 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.