Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA 0-3 Yaponiya
10/01 16:30 Livan 2-4 Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo 1-1 Betis
10/01 19:00 Eron 0-0 O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze 2-2 Piza
10/01 19:00 Komo 1-1 Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal 3-1 Alaves
10/01 21:30 Suriya 1-0 Qatar
10/01 22:00 Roma 2-0 Sassuolo
10/01 22:30 Jirona 1-0 Osasuna
11/01 00:45 Atalanta 2-0 Torino
11/01 01:00 Valensiya 1-1 Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche 1-2 Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano 2-1 Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina 1-1 Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio
12/01 00:45 Inter - Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni - Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya - Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa - Kalyari

La liga. «Real» «Barsa»ga yaqinlashish imkoniyatidan foydalana olmadi

La liga. «Real» «Barsa»ga yaqinlashish imkoniyatidan foydalana olmadi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi ushbu turda "Barselona"ning ochko yo‘qotishidan foydalana olmadi. Zidan shogirdlari Bilbaoda "Atletik"ni mag‘lub eta olishmadi.

"San-Mames" stadionidagi o‘yin juda shiddatli kechdi. Uchrashuvda hisob ochilmagan bo‘lsa-da, o‘yin muxlislarni aslo zeriktirib qo‘ymadi.

Bahs debyutida Benzema jarima maydonchasi ichida yo‘llagan zarba natijasida to‘p ustunga tegdi. Bugungi o‘yinda darvozabonlarga anchagina ish topildi. Jumladan, Navas ber necha marta seyv namoyish qilishiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, Arrisabalaga ham darvoza daxlsizligini saqlab uchun ancha ter to‘kdi.

Mezbonlar dastlabki bir soat davomida nomdor raqib bilan tengma-teng kurash olib borishdi. Ular bu vaqt davomida hujumga hujum bilan javob berishdi. Biroq so‘nggi yarim soat ichida to‘la ustunlik "Madrid" tomonida bo‘ldi. Bilbaolik futbolchilar matonat bilan himoyalanishlariga to‘g‘ri keldi.

Uchrashuv tugashiga 5 daqiqa qolganida "Real" sardori Serxio Ramos ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Ushbu chetlatish madridliklarning shashtini ancha pasaytirib qo‘ydi. Boz ustiga, hakam ikkinchi bo‘lim boshida Ramosning qo‘polligi tufayli "Real" darvozasiga penalti belgilamagandi.

Shu tariqa, muhim 1 ochkoni qo‘lga kiritgan "Atletik" 14 ochko bilan bor-yo‘g‘i 15-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Qirollik klubi" 28 ochko bilan 4 va 5-o‘rinlarni "Sevilya" bilan bo‘lishib turibdi. Jamoa peshqadam "Barselona"dan hamon 8 ochko ortda qolmoqda. Zidan jamoasini keyingi turda jadvalda 3-o‘rinda borayotgan "Sevilya"ga qarshi bahs kutib turibdi.

Ispaniya La ligasi, 14-tur
Atletik – Real Madrid 0:0 (0:0)
Atletik – Arrisabalaga, Echeyta, Balensiaga, De Markos (Inigo Lekue, 72), Nunyes, Raul Garsiya, Mikel Riko, Susayeta, Iturraspe (San Xose, 39), Inyaki Uilyams (Kordoba, 83), Aduris.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Isko (Kovachich, 82), Kroos, Ronaldu, Benzema (Mayoral, 82).
Ogohlantirishlar: Ramos (11), De Markos (45), Echeyta (57), Kazemiro (73), Karvaxal (90), Ronaldu (90).
Chetlatish: Serxio Ramos (86).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:38, 03.12.2017.
O'qildi: 5236 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.