Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

APL. «Manchester Siti» yana irodali g‘alabaga erishdi

APL. «Manchester Siti» yana irodali g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

Angliya premyer ligasining 15-tur uchrashuvlari o‘z poyoniga yetdi.

Mazkur turni «Manchester Siti» hamda «Vest Xem» o‘rtasidagi super-o‘yin yakunlab berdi. Va unda «shaharliklar» 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.

Bahs odatdagidek «Manchester Siti»ning ketma-ket hujumlari bilan boshlandi. Taym o‘rtalariga kelib esa mehmonlar o‘yinni biroz maydon markaziga sura olishdi.

Taym oxirlariga kelib kutilmaganda mezbonlar darvozasi ishg‘ol etildi. Aniqrog‘i, 44-daqiqada qanotdan yetkazib berilgan to‘pni Anjelo Ogbonna boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Shu tariqa taym yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda esa haqiqiy hujumkor «Siti»ni ko‘rindi va «Vest Xem» darvozasi oldida hujumlar yomg‘irini uyushtirdi.

Mazkur holat esa, albatta, o‘z mevasini berdi va 57-daqiqada Sterlingning to‘p uzatishidan so‘ng Niklas Otamendi muvozanatni tikladi.

Mezbonlar bu bilan to‘xtab qolishgani yo‘q, aksincha goldan ruhlanib, yanada katta kuch bilan oldinga o‘tishdi. Ba’zi holatlarda omad mezbonlardan yuz o‘girgan bo‘lsa, ba’zi holatlarda Adrianning super seyqlari «Vest Xem»ni asrab qolgandi.

Ammo bu holat ham «bolg‘achilar»ga yordam bera olmadi. 83-daqiqaga kelib, Kevin de Bryunening ajoyib uzatmasidan so‘ng David Silva yengilgina ijro yetgan zargarona zarbasi bilan hisobni jamoasining foydasiga o‘zgartirdi va manashu hisob yakunda «Manchester Siti»ga 3 ochko bilan birga ketma-ket 13-g‘alabani taqdim etdi.

ANGLIYA CHEMPIONATI. 15-TUR

MANCHESTER SITI – VEST XEM 2:1 (0:1)

3 dekabr, «Etixad Stedium»

Gollar: 0:1 – 44 Ogbonna, 1:1 – 57 Otamendi, 2:1 – 83 Silva.

Manchester Siti: Ederson, Uoker, Otamendi, Mangalya, Danilo (Gabriel Jezus, 46), de Bryuyne, Silva, Sane (Bernardu Silva, 90), Delf, Sterling, Aguero (Fernandinyo, 85).

Vest Xem: Adrian, Sabaleta, Masuaku, Kressuell, Ogbonna, Antonio (Ayyu, 88), Obiang, Lansini (Arnautovich, 69), Rays, Fernandesh, Kuyate (Sako, 43).

Ogohlantirishlar: Rays (17), de Bryuyne (59), Adrian (90), Gabriel Jezus (90+4).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:31, 03.12.2017.
O'qildi: 3458 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.