"Bavariya" bosh murabbiyi Yupp Xaynkes hozigacha klub bilan shartnoma imzolamaganini ma’lum qildi.
"Men hozirgacha "Bavariya" bilan shartnoma imzolamaganman. Klubning moliyachisi Yan-Kristian Drisen har safar qabuliga taklif qilib, imzo chekishimni so‘raydi.
Ammo bunga vaqt topa olmayapman", - deydi Xaynkes.
72 yoshli mutaxassis "Bavariya"ga qaytdi va 6 oktyabrdan boshlab ishga kirishdi. U bilan kelishuv mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.