Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

«Qo‘qon-1912»: Mavsum 2017 yakunlari - kimda nechta gol bor?

«Qo‘qon-1912»: Mavsum 2017 yakunlari - kimda nechta gol bor?

Baho:
+ | -

Mavsum yakunlariga doir ma’lumotlarni davom ettiramiz. Bugungi maqolamizda chempionat davomida raqiblar darvozasiga to‘p kiritgan futbolchilarimiz xususida so‘z yuritamiz.

Akramovdan Sidorovgacha

Joriy mavsumda vakillarimiz raqiblar darvozasiga 42 ta gol urishdi. (Birinchi davrada 23 ta, ikkinchi davrada 19 ta). Bu esa so‘nggi uch yildagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Jamoamizning mavsum-2017dagi birinchi golini Bahodir Akramov kiritdi. Oliy liga 1-tur doirasidagi Qo‘qonda kechgan “Nasaf”ga qarshi o‘yinda yarim himoyachimiz o‘zini ko‘rsatgandi. Ammo ushbu gol futbolchilarimizni mag‘lubiyatdan qutqara olmagandi.

Mavsumdagi so‘nggi gol muallifi – Andrey Sidorov bo‘ldi. Yosh hujumchimiz jamoamizdagi birinchi golini 30-turda kiritdi. Eng qizig‘i, mazkur bahsda ham futbolchilarimiz “Olmaliq”qa imkoniyatni boy berishdi.

Eng ko‘p gol Berdiyevda

Jamoamizning bu yilgi mavsumdagi to‘purari Suhrob Berdiyev bo‘ldi. Ushbu futbolchimiz 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 11 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Suhrob birinchi davrada 6 ta gol urganini ham aytib o‘tish joiz.

Serbiyalik hujumchi Filip Rayevas hisobida 7 ta gol bor. Filip gollarning 6 tasini birinchi davrada kiritgan. Mavsum davomida ushbu hujumchimiz 28 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Jamoamiz sardori Nosir Otaqo‘ziyev hisobidagi gollar soni 6 tani tashkil etadi. Tajribali hujumchi bu yil 23 ta o‘yinda ishtirok etdi.

“Qo‘qon-1912” yuragiga aylangan Murod Xolmuhammedov ham mavsum davomida raqiblarimizni 6 marta ranjitdi.  Bu himoyachi uchun juda yaxshi natijadir. Xolmuhammedov mavsumda 29 ta uchrashuv o‘tkazdi.

Qo‘qonlik futbol muxlislarining yana bir yoqimtoyi – Javohir Sidiqov ham mavsumni sermahsul o‘tkazdi, deyish mumkin. Iqtidorli yarim himoyachimiz raqiblar darovzasini 5 marta aniq nishonga olgan. Sidiqov 25 ta o‘yinda maydonga tushgan. Yana bir qiziq jihati shundaki, Javohir to‘rtta golni ikkinchi davrada kiritgan.

Shuningdek, Darko Gojkovich hisobida 3 ta gol bor. Akmal Xolmurodov, Bahodir Akramov, Quvondiq Ro‘ziyev va Andrey Sidorovlar esa raqiblarni bir martadan ranjitishgan.

Yubiley gol

Ushbu mavsumda “Qo‘qon-1912” jamoasi Oliy liga tarixidagi 500-golini kiritdi. Jamoamizning navbatdagi yubiley goliga Murod Xolmuhammedov mualliflik qildi. “Buxoro”ga qarshi safarda o‘tgan uchrashuvda ushbu tarixiy voqea sodir bo‘ldi.

Gollar taqsimoti:

Suhrob Berdiyev – 11

Filip Rayevas – 7

Nosir Otaqo‘ziyev – 6

Murod Xolmuhammedov – 6

Javohir Sidiqov – 5

Darko Gojkovich – 3

Akmal Xolmurodov – 1

Bahodir Akramov – 1

Quvondiq Ro‘ziyev – 1

Andrey Sidorov – 1

Jami gollar: 42 ta

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 12:05, 04.12.2017.
O'qildi: 1631 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.