Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

«Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kubogi final o‘yini yuzasidan O‘zbekiston Futbol Federasiyasining bayonoti

«Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kubogi final o‘yini yuzasidan O‘zbekiston Futbol Federasiyasining bayonoti

Baho:
+1 | -

Shu yilning 4 dekabr kuni poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida “Bunyodkor” va “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi finali bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv paytida 34 ming muxlisga mo‘ljallangan “Bunyodkor” stadioni ishqibozlar bilan to‘lib-toshdi. Bu holat yurtimizda o‘zbek futboliga muxlislar tomonidan bo‘lgan qiziqishning yana oshayotganidan darak beradi.

Ilk bora O‘zbekiston Kubogi finali oldidan o‘ziga xos shou uyushtirilib, stadionga yig‘ilgan muxlislar uchun O‘zbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan haqiqiy bayram tashkil etildi.

Shou-dasturda o‘zbek estradasining taniqli vakillari – Shahzoda, Rayhon, “Ummon”, “Benom”, Shahriyor, Ruxshona kabi estrada yulduzlarining ishtiroki uchrashuv oldidan muxlislarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi. O‘z o‘rnida  O‘zbekiston Futbol Federasiyasi shou dasturini tashkil etishda ko‘rsatgan amaliy yordami uchun O‘zbekiston Madaniyat vazirligiga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Shu yilning 25 noyabr kuni Yaponiyaning Saytama shahrida OCHL finali bo‘lib o‘tgan va bu final uchrashuvini PFL bosh direktori Omon G‘ofurov bevosita stadiondan kuzatib borgan edi. Omon G‘ofurov OCHL finali kabi nufuzli musobaqalarni tashkil etish tajribasini o‘rganib, bu tajribani yurtimizda ham qo‘llash maqsadida O‘zbekiston Kubogi finalini katta shou tariqasida o‘tkazishga qaror qilindi.

Muxlislarni stadionda xursand qilish maqsadida O‘zbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan koptok va sharflar sovg‘a tariqasida tarqatildi. Muxlislarning emosiyalarga berilib, o‘yin yakuniga yetganidan so‘ng “Lokomotiv” klubi futbolchilarini tabriklash maqsadida maydonga chiqib ketishi kabi vaziyatlar futboli rivojlangan davlatlarda ham uchrab turadigan holat hisoblanadi.

Final uchrashuvini OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bevosita stadiondan kuzatib bordi.  OFK Prezidenti murosasiz kechgan final o‘yinidan katta taassurot olganini ta’kidlab, malakatimizda muxlislarning futbolga bo‘lgan qiziqishi yuqori ekanini qayd etib o‘tdi.

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi kelasi mavsumdagi uchrashuvlarni ham ko‘tarinki kayfiyatda, haqiqiy bayram tarzida o‘tkazib, futbol muxlislarini xursand qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini davom ettiradi.

Muxlislarni esa stadionlarga chorlab qolamiz!

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 20:51, 05.12.2017.
O'qildi: 10419 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.