YECHLning 6-turida “Manchester Siti”“Shaxtyor”ga qarshi safarda maydonga tushdi. Gap shundaki, ushbu uchrashuv “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola uchun YECHLdagi 100-o‘yin bo‘ldi.
46 yoshli ispaniyalik mutaxassis ushbu natijaga erishgan 6-murabbiy sifatida qayd etildi.
Avvalroq YECHL musobaqasida klublarini Aleks Fergyuson, Arsen Venger, Karlo Anchelotti, Joze Mourinyo va Mircha Luchesku kabi murabbiylar 100 marta maydonga boshlab tushishgan.