Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

«Nasaf» yangi mavsum tayyorgarligini davom ettirmoqda

«Nasaf» yangi mavsum tayyorgarligini davom ettirmoqda

Baho:
+ | -

XXVI O‘zbekiston chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan, “Nasaf” futbolchilari dam olishdan  qaytib kelishdi va 15 dekabrdan o‘z qarorgohida yangi mavsum tayyorgarligini boshladi. Mashg‘ulotlar klub qarorgohida bo‘lib o‘tmoqda.

Mashg‘ulotlarda Doniyorjon Narzullayev, Azizjon G‘aniyev, Sharof Muhitdinov, Bobir Abduxoliqov va Odiljon Hamrobekovlar ishtirok etishmayapti. O‘zingizga ma’lum, ushbu futbolchilarimiz 2018 yil 21 yanvargacha U-23 terma jamoamiz ixtiyorida bo‘lishadi.

Serbiyalik legioner hujumchimiz Dragan Cheran 20 dekabrdan mashg‘ulotlarga qo‘shiladi. Yana bir legionerimiz Igor Golban esa mashg‘ulotlarga 15 dekabrdan kirishgan.

“Nasaf” 22 dekabr kuni U-23 terma jamoamiz bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv, shu kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionimizda soat 15:00da boshlanadi.

Jamoamizning dekabr oyidagi rejasiga ko‘ra, 26 dekabr kuni futbolchilarimiz me’yoriy talablar bo‘yicha sinovdan o‘tishadi va shu kuni tantanali taqdirlash marosimida ham ishtirok etishadi. Dekabr oyi tayyorgarlik mashg‘ulotlari 28 dekabr kuni nihoyasiga yetadi. Shu kuni jamoamiz yana bir nazorat uchrashuvida maydonga tushishi mumkin. Shundan so‘ng futbolchilarimiz yangi yil bayrami munosabati bilan qisqa ta’tilga chiqishadi.

Muxlislarimizni ko‘proq qiziqtiradigan tarkibdagi o‘zgarishlar haqida hozircha yangilik yo‘q.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 14:18, 18.12.2017.
O'qildi: 3049 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик