Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 1-1 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

«El-Klasiko» to‘purarlari. Ronaldu va Messi o‘rtasidagi kurash davom etmoqda

«El-Klasiko» to‘purarlari. Ronaldu va Messi o‘rtasidagi kurash davom etmoqda

Baho:
+ | -

3 dekabr kuni butun dunyo futbol muxlislari intizorlik bilan kutayotgan «El-klasiko» bo‘lib o‘tadi. Biz shu munosabat bilan «Real» va «Barselona» jamoalari to‘qnashuvida eng ko‘p gol urgan futbolchilar haqida to‘xtalib o‘tamiz. 


 9-11. Xosep Samiter («Barselona», «Real Madrid») – 10 gol

Samitiyer 1919-1932 yillar mobaynida «Barselona» klubi sharafini himoya qilib, 333 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan so‘ng u ikki mavsum «Real»da harakat qildi. Umuman olganda Xosep «klasiko»larda jami 10 ta golga mualliflik qilgan. Samiter ana shu gollarining 4 tasini chempionatda, qolgan 6 tasini kubok bahslarida nishonlagan.


9-11. Xuanito («Real Madrid») - 10 gol

Madridning «Atletiko» jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan Xuanito «Real» tarkibida 1977-1987 yillar mobaynida to‘p surdi. U bu davr ichida 100 dan ortiq gollarga mualliflik qilgan. Jumladan «Barsa»ga qarshi bahslarda 10 ta to‘p kiritgan. Hujumchi 8 ta golini la ligada, 2 ta golini esa Liga kubogida urgan.


 9-11. Ugo Sanches («Real Madrid») – 10 gol

Meksikalik hujumchi 1985-1992 yillarda «blankos» sharafini himoya qilib, 207 marta raqib posbonlarini ranjitishga muvaffaq bo‘lgan. Sanchesning 10 ta zarbasidan keyin «Barselona» darvozabonlari ranjishgan. Ugo gollarining 8 tasini chempionatda, 2 tasini superkubokda nishonlagan.


8. Santilyana («Real Madrid») – 12 gol

Santilyana «Real» sharafini 1971-1988 yillarda himoya qilib, 200 dan ortiq gollar kiritgan. Karlos «Barsa» pobonlarini 12 marta xafa qilgan. U chempionatda – 9, kubokda – 2 va liga kubokda – 1 marotaba Kataloniyaliklarni jazolagan.

5-7. Ferens Pushkash («Vengriya») – 14 gol

31 yoshida «Real» formasini kiyib, 39 yoshigacha klub sharafini himoya qilgan Pushkash «blankos» safida 242 ta gol nishonlagan. Ferens La ligada – 9, kubokda – 2 va yevrokuboklarda 3 marta azaliy raqib darvozasiga aniq yo‘l topa olgan.

5-7. Fernando Xento («Real Madrid») – 14 gol

Butun faoliyatini Madrid superklubiga bag‘ishlagan Xento 1953-1971 yillarda «Real» safida 178 gol urgan. U «Barselona»ga qarshi bahslarda 14 marta zafar quchgan. Chempionlar kubogini 6 bora yutib rekord o‘rnatgan hujumchi chempionatda 10, kubok va yevrokuboklarda 2 boradan to‘p kiritgan.

5-7. Sesar Rodriges («Barselona») – 14 gol

«Barselona» afsonasi Sesar jamoa safida 1942-1955 yillar mobaynida 232ta to‘p urib, Messi davri boshlangunga qadar klub to‘purari bo‘lib kelgan. Rodriges chempionat bahslarida «Real» darvozasini 12 marta aniq nishonga olgan. Bu borada ham u rekordchi edi. Hujumchi qolgan 2 ta golini yevrokuboklar doirasidagi matchlarda kiritgan.

4. Raul Gonsales («Real Madrid») – 15 gol

«Real» tarixidagi eng yaxshi ikkinchi to‘purar hisoblanadigan Raul 1994-2010 yillar mobaynida «qaymoqranglilar» safida 323 ta to‘p kiritgan. Ana shu gollarning 15 tasi «Barselona» darvozasidan o‘rin olgan. Raul Kataloniyaliklarni 11 marta chempionatda, 3 bora superkubokda va bir marta yevrokuboklarda ranjitgan.

Davomi>>>

Kiritildi: 20:43, 22.12.2017.
O'qildi: 10367 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.